Andrey Kanchelskis Qirg'izistonda ish boshlashi mumkin
02 apr 2023 12:55
Yangiliklar
Andrey Kanchelskis Qirg'izistonda ish boshlashi mumkin
"Navbahor"ning sobiq bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis murabbiylik faoliyatini qaytishga yaqinligini aytdi.
"Yangi klub bilan muzokaralar o'tkazishim normal holat. Hozir muzokaralar uchun uchib ketyapman. Balki kelasi haftada yangiliklar bo'lib qolar. Ammo bu Evropada emas", - dedi 54 yoshli mutaxassis.
Ijtimoiy tarmoqlardagi malumotlarga ko'ra, mutaxassis Qirg'izistonda ish boshlashi kutilmoqda. Ayni damda Qirg'iziston FF o'rtoqlik o'yinlaridagi natijalar sababli Andrey Krestininning o'rniga boshqa mutaxassis qidirmoqda. Kanchelskis yaqin vaqtlarda aynan milliy terma bosh murabbiyi bo'lishi ham mumkin. SHuningdek, manbaga ko'ra, "Abdish Ota" jamoasi ham rossiyalik murabbiyga aloqaga chiqqan.
Fikrlar