So’nggi yangiliklar

19:19"Челси" ва "Атлетико" "Атланта Юнайтед" ўйинчисига даъвогар  0 19:15Суперлига. "Қизилқум" – "Локомотив" 0:0 (матнли трансляция)  1 19:00Суперлига. ОКМК - «Бунёдкор» 0:0 (Матнли трансляция)  0 18:43"Манчестер Юнайтед" ва "Атлетико" "Болонья" ҳимоячисига қизиқмоқда  0 18:00Максим Шацких: "Украина терма жамоаси ҳозирги таркиб билан Еврода узоққа бориши мумкин"  9 17:26Про лига. "Машъал" сафарда "Олимпик-MobiUz" билан дуранг ўйнади  4 17:11АПЛ болбойларнинг ўйинга таъсирини чеклайди  1 16:45МЮ "Ювентус" футболчиси учун ўз вингерини беришга ва қўшимча тўлов қилишга тайёр  1 16:11"Барселона" тарбияланувчисини қайтармоқчи  2 15:41"Ницца" АПЛ клублари қизиқаётган ҳимоячиси учун нарх белгилади  0 15:10ПСЖнинг 2 нафар футболчиси сафга қайтди  0 14:08Шенсни "Юве"да қолиши учун маоши камайишига рози бўлиши керак  1 13:40Гризманн қайтди  1 13:21Дилмурод Назаров хотирасига бағишланган "Наврўз Кубоги-2024" мусобақаси қандай ўтди?  7 13:09"Бавария" "Штутгарт" вингерига кўз тикди  0

Andrey Kanchelskis: "Men yo'qligimda Namanganda nimalar sodir bo'lganini aniqlaymiz. "Lokomotiv" bilan o'yindagi holatga chidab bo'lmaydi. Bugun toza golimiz hisobga olinmadi" Yangiliklar

Andrey Kanchelskis: "Men yo'qligimda Namanganda nimalar sodir bo'lganini aniqlaymiz. "Lokomotiv" bilan o'yindagi holatga chidab bo'lmaydi. Bugun toza golimiz hisobga olinmadi"

Coca-Cola Superligasi 16-turidan o'rin olgan "Navbahor"- "Andijon" (0:0) jamoalari o'rtasidagi bahsdan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis o'z fikrlarini bildirib o'tdi

"Derbi o'z nomi bilan derbi. Birinchi bo'limda gol urganimizda, o'yin boshqacha tus olishi mumkin edi. Ikkinchi bo'limda urgan golimizni hisobga olishmadi. Bularning bari g'alati. “Surxon” bilan o'yinda gol urganimizda ham hisoblashmagandi. Qoidaga ko'ra, hakamlar diskvalifikaciya qilinaveradi, lekin bizga ochko yozilmaydi. Nima ham derdim, yigitlar mana bu kasalliklardan keyin o'zlarida mashg'ulot o'tkazish, maydonga tushib to'p surishga jasorat topa olishyapti. “Lokomotiv”ga qarshi o'yin bilan solishtiradigan bo'lsak, u uchrashuv payti men yo'q edim, shifoxonada edim, bugun futbolchilarimiz nisbatan ancha yaxshi to'p surishdi, asta-sekin o'zlariga, avvalgi formalariga qaytishayotgani ko'rinib turdi. Ayrim odamlarga koronavirus bizni ham chetlab o'tmaganini etkazish oson bo'lmayapti, bahona qidiryapti, deyishadi. Hayot davom etadi, oldinda “Nasaf” bilan o'yin bor.

Afsuski, bugun 2 ochko yo'qotdik. Ko'rib chiqdik, toza golimiz inobatga olinmadi. 3 ochko bugun bizga juda kerak edi. Yakunda 0:0 bilan kifoyalandik. Sardorimiz Azim Ahmedov “Nasaf” bilan o'yinda maydonga tushmaydi, Xurshid Muxtorov ham xuddi shunday holatda. Sariq kartochkalari ko'payib ketdi. Har qanday holatda ham “Nasaf” bilan o'yinga tayyorlanamiz. Tanaffusgacha shuningdek, “Buxoro” bilan uchrashuvimiz bor. Xullas, bugun yigitlar borlarini berib o'ynashdi.

Kiyinish xonasida 5-10 daqiqa o'rnilaridan turmay o'tirishdi. Baribir, kasallik o'z so'zini aytmoqda. Buni men boshdan o'tkazgan kishi sifatida aytaman, ular esa yugurishmoqda, mashg'ulotlarda qatnashishmoqda. Oson emas, tushuninglar. Gol urolmayapmiz, imkoniyatlardan foydalana olmayapmiz. Mavsumlar oralig'ida bir braziliyalik futbolchini sotib olishni rejalashtirgandik, ammo moliyaviy tomonlama kelisholmadik. Vaholanki, viloyat hokimi braziliyalik o'yinchi olish kerakligini aytgandi. “Mashal”dan bir futbolchi olib kelishni o'ylagandik, u ham o'xshamadi. SHunga qaramay, shogirdlarimdan kurashayotganliklari uchun minnatdorman. Futbolchilarimda g'alabaga bo'lgan xohish kuchli edi. 

To'g'ri, “Andijon”da ham imkoniyatlar bo'ldi, chunki biz oldinga o'tganimizda bo'shliqlar vujudga kelishi tabiiy. Futbolni tushunadigan odam, bizda yaxshi jamoa borligini biladi. Toshkentda o'tkazilgan o'yinlarda virus yuqtirib oldik, men ham kasal bo'ldim. Ruhiy holatimizda asta-sekin yaxshilanmoqda. “Nasaf” bilan o'yingacha 5 kun bor, tayyorgarlik ko'ramiz.

“Lokomotiv” bilan o'yinda tarkibni men tanlamaganman, bunga haqqim yo'q edi, chunki futbolchilarning qanday holatda ekanini bilmay turib, bunday qilolmayman. SHunchaki, bitta iltimos qildim: Azim Ahmedovni markaziy himoyaga qo'ymaslikni so'radim. Markaziy himoyadagilarni o'zgartirmaslik kerakligini aytdim. O'sha tarkibni Hasanov tanlagandi. “Lokomotiv” bilan o'yin yaxshi chiqmaganligini tan olaman. Imkoniyatlardan foydalanishda oqsayapmiz, hujumlarni gol bilan yakunlaydigan forvard etishmayapti. Takrorlayman, endi “Nasaf” bilan o'yinga tayyorlanamiz. Nima, endi ochko yo'qotdik, deb o'zimni osishim kerakmi? Ishlaymiz, mashg'ulot o'tkazamiz. SHifoxonada yotganimda ularning qanday shug'ullanishganidan bexabarman. Ammo bularning bari o'tmishda qoldi, endi kelgusida o'yinlarga taraddud ko'rishimiz lozim. Yigitlar ruhiy tushkunlikdan chiqishmoqda, o'zlariga kelishmoqda. Galdagi asosiy vazifamiz – “Nasaf” bilan o'yinda maydonga tushib, g'alaba qozonish. Futbolchilar borasida yo'qotishlarimiz bor, lekin tarkibimizda ularning o'rnini to'ldiradiganlar bor.

Kimgadir qo'ng'iroq qilib, buyruq berganim bo'lmagan gap. Bunday qilish xato. Men yo'qligimda Namanganda nimalar sodir bo'lganini aniqlaymiz, muhokama qilamiz. CHunki “Lokomotiv” bilan o'yindagi holatga chidab bo'lmaydi, juda ahvol chatoq edi. O'yinni televizor orqali tomosha qilib, hushimni yo'qotishimga bir bahya qoldi. Bugun esa boshqa o'yin, motivaciya ham boshqa bo'ldi. “Paxtakor” bilan o'yindan keyin o'tgan 10 kun ichida biz nimalar qilganimizni aniqlashga kirishaman, - dedi Kanchelskis.

Reyting: -8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика