So’nggi yangiliklar

18:31Артём Петросян: "Локомотив" футболчилари Суперлига даражасида. Улар бежиз лига пешқадами эмаслигини кўрсатишди"  0 18:05"Севилья" — "Барселона". Таркиблар маълум  4 18:01ОПЛ. "Сабаҳ" меҳмонда "Карван"дан устун келди, Раҳмоналиев 89 дақиқа ўйнади  0 18:00"Нефтчи" — "Андижон" 1:0 (Матнли трансляция)  27 18:00Про лига. "Арал" "Жайхун"ни, "Локомотив" "Олимпик"ни мағлуб этди  1 17:36"Қизилқум" — "Машъал". Таркиблар маълум  0 16:33Суперлига. "Насаф"нинг қоқилиши интригани қайтарадими? "Нефтчи" учун ажойиб имконият  5 16:21Суперлига. "Шўртан" - "Сўғдиёна" 1:2 (матнли трансляция)  5 14:50"Чақирувдан хурсандман, боримизни бериб ҳаракат қиламиз" - Анваржон Ҳожимирзаев "Сурхон" устидан ғалаба ва миллий жамоага таклиф этилгани ҳақида  8 14:25"Наполи" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисини нишонга олди  1 13:58Бруну Фернандеш "Манчестер Юнайтед"дан кетиши мумкин  5 13:27"Реал" Родри учун қанча тўлашга тайёрлиги маълум бўлди  5 13:01"Арсенал" "Реал"нинг ёш юлдузини сотиб олмоқчи  0 12:38Футзал. Ўзбекистон чемпионатида 2-тур якунланди. Мусобақа жадвали, рамзий терма жамоа ва тўпурарлар пойгаси  1 12:11Элит ОЧЛ. Ўзбекистонлик ўйинчи 2-тур рамзий терма жамоасида ўрин олди  1

Andrey Kanchelskis: "Men doim oqni oq, qorani qora deyman" Yangiliklar

Andrey Kanchelskis: "Men doim oqni oq, qorani qora deyman"

Bugun bo'lib o'tgan AGMK - "Navbahor" bahsidan so'ng matbuot anjumani tashkil etildi.




Bunda "Navbahor" bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis o'z fikrlarini bildirdi. 

- Avvalo barcha futbolchilarimga rahmat aytaman. Bugun besh nafar futbolchimiz koronavirusga chalinib yordam bera olishmadi. O'tgan o'yindagi diskvalifikaciya sabab yana bir o'yinchimiz maydonga tushmadi. 

- PFLga o'yinni qoldirish haqida murojaat qildik, lekin qoldirilmadi. AGMKdan so'radik, ular ham yo'q degan javobni berdi. Hayot davom etadi. Endi keyingi o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz.

- AGMKda bizga nisbatan bir kun ko'proq bo'ldi. Bu esa ularga ustunlik bag'ishladi. Natijada ikkinchi bo'lim oxirlarida raqib ustunlik qildi. Futbolda bir kun ortiqcha dam olish ham ko'p narsani anglatadi. AGMK o'tgan yil ham qo'shib berilgan daqiqalarda gol urib durang qayd etgandi, bu yil ham shunday bo'ldi. 

- Bunday grafikda o'ynash oson emas. Men bu haqda PFLga ham aytganman. Men hech qachon qorani oq, oqni qora demayman. Doim oqni oq, qorani qora deb aytib kelganman. Bugungi o'yinda hammasi joyida bo'ldi: tashkilotchilik, maydon, o'yinning boshlanish vaqti, hech qaysi jihatdan etirozim yo'q. Bir so'z bilan aytganda super.

- "Surxon" bilan o'yinda esa "dahshat" bo'lgandi. Biz kiyim almashtirish xonasiga kiryapmiz, u erda santexnik trubani yamab o'tiribdi. Ko'ryapsizmi, nimalar bo'lgan. Bizga markazlashgan chempionatga kelib o'ynaysizlar deyishdi va biz keldik, lekin tashkilotchi biz emasmiz.

- Istalgan jamoaga besh nafar asosiy futbolchisi maydonga tushmasa qiyin bo'ladi. SHunga qaramay, bugun maydonga tushganlar borlarini berishdi. Yigitlarga katta rahmat.

- Har uch kunda qanday qilib o'ynash mumkin deb so'raganimda, ana Angliyada o'ynashyapti-ku degan javobni oldim. Kechirib qo'yasiz, Angliyada mana men o'ynaganman va u erdagi sharoit, tashkilotchilik, ob-havo, maydonlar holati va boshqalarni juda yaxshi bilaman. Lekin Angliyada o'ynashyapti-ku deydigan odamning o'zi Angliyaga borib futbol ko'rganmikin.

- Futbolchi o'yindan rohat olishi kerak, buning uchun hamma narsa komfort darajada bo'lishi shart. Agar siz shudgorga chiqsangiz, qanday qilib o'yindan rohat olasiz? SHunga qaramay biz "Surxon" bilan ham o'ynadik va buning uchun ham shogirdlarimga rahmat aytaman.

- Yana nima deyishim mumkin? Agar biz ham AGMKga o'xshab bir kun ko'p dam olganimizda balki bugungi hisob boshqacha bo'larmidi. Men jamoadagi vaziyatdan kelib chiqib durangni yomon natija deya olmayman. Solovyov 8 kun shug'ullanmadi, u o'yinga kirishib ketishi uchun 8 kun mashg'ulot olib borishi kerak bo'ladi.

- O'ylaymanki, "Qo'qon-1912" bilan bo'ladigan bahsda ijobiy natijaga erishamiz. Lekin hayotda futboldan ham muhim narsalar bor, bu avvalo insonlar sog'ligi. Axir hammamiz bir marta yashaymiz, hech kimga uch marta umr berilmaydi-ku, to'g'rimi? Meni eshitganingiz uchun hammaga katta rahmat.


Reyting: +36   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика