So’nggi yangiliklar

00:51Сарри Римга қайтишга яқин  2 00:21"Ал Ҳилол" Зиданга йилига 100+ млн евро таклиф қилганди. Мураббий эса...  2 23:10Раҳмоналиев экстра-таймларда майдонга тушган ўйинда "Сабаҳ" "Қорабоғ"ни енгиб, Озарбайжон кубоги соҳиби бўлди! Клуб Европа лигаси саралашида иштирок этади  0 22:50Баҳром Ҳайдаров: "Селекция ишлари ҳар бир жамоада мунтазам давом этади"  1 22:33Виталий Левченко: "Чемпионатда танаффус юзага келганида шу каби ўртоқлик ўйинлари жамоа учун фойдали бўлади"  1 22:05CAFA U-17 Championship 2025. Ўзбекистон 120 дақиқа давом этган финалда Тожикистонга аламли тарзда ютқазди  58 21:20Назорат учрашуви. "Нефтчи" Фарғонада "Қўқон-1912" билан дуранг ўйнади  2 20:55Ўзбекистон U-23 назорат ўйинида "Хоразм"ни мағлуб этди  1 20:22Бугун финал! УЕФА Чемпионлар Лигаси бош соврини кимга насиб қилади?  24 20:11ОФК вакиллари 2 юлдузли "Бунёдкор" академиясига қандай баҳо беришди?  2 20:00Холид Ал Данҳани: "Бор эътиборимиз Ўзбекистон билан ўйинга қаратилган"  3 18:50Ўзбекистон Кубоги финали олдидан: "Оил Стар" ва БМБ бош мураббийлари қандай фикр билдирди? (тўлиқ матбуот анжумани)  1 18:43"Реал" дарвозабони клубни тарк этишга яқин  1 18:10ҚПЛ. "Турон" меҳмонда "Улитау"га мағлуб бўлди, меҳмонлар сафида уч ўзбекистонлик ҳаракат қилди  0 17:38"Атлетико" Фернандо Торрес билан шартномани узайтирди  0

Andrey Fyodorov: “O'yinda “Navbahor” g'alaba qozonmadi, aksincha mezbonlarga yutqazdik” Yangiliklar

Andrey Fyodorov: “O'yinda “Navbahor” g'alaba qozonmadi, aksincha mezbonlarga yutqazdik”

“Navbahor” – “Neftchi” jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida OAV vakillarining savollariga “Neftchi” bosh murabbiy Andrey Fyodorov javob qaytardi:
- Birinchi navbatda “Navbahor” jamoasi azolarini qo'lga kiritilgan g'alaba bilan tabriklayman. Ular haqli ravishda uch ochkoni qo'lga kiritishdi. Nima uchun deganda mezbonlar bu kabi ishtiyoq va xohish bilan g'alaba qozonishga haqli edilar. O'yin borasida gap ketganida, “Navbahor” bizni mag'lub etmadi. Aksincha biz “Navbahor”ga yutqazdik. Negaki, futbolchilarimiz o'z xatolarimiz, to'p yo'qotishlar tufayli raqib ruhiyatini ko'tarishdi.

Birinchi bo'lim o'rtalarida o'yinni tenglashtirib, tanaffusga qadar hisobni ochganimizdan keyin hammasi ko'ngildagidek kechayotgandi. Ikkinchi bo'limdagi tezkor gol namanganliklarga qo'shimcha kuch bag'ishladi. Aynan shu ishtiyoq tufayli “Navbahor” o'z maqsadiga etishdi. Biz maydon egalarining bu o'yiniga qurol topa olmadik. O'yin boshlarida, o'zimiz istagandek harakat qila olmadik. “Navbahor” esa uchrashuvni kutganimizdek o'tkazdi. Mezbonlarning bu o'yinlariga qarshi himoyada umuman boshqacha tarzda harakat qilishimiz kerak edi. O'yin boshlarida ko'p xatolarga yo'l qo'ydik. Keyinchalik vaziyatni o'nglashga erishgandik. Birinchi bo'lim borishidan kelib chiqqan holda fikr yuritiladigan bo'lsa mag'lubiyatimiz haqida gap bo'lishi mumkin emasdi. Umuman olganda bugun ikki xil bo'lgan taymlarga guvoh bo'ldik.

“Derbi” maqomiga ega o'yinlar oson ruhda o'tmaydi. Futbolchilarimiz buni his qilishlari kerak edi. Bu jamoamizning ichki ishi, shu sababli o'yinni yig'ilishlarimizda muhokama qilamiz.

"Navbahor" matbuot xizmati
Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика