So’nggi yangiliklar

19:50"Реал" Негрейра иши бўйича терговни яна ярим йилга узайтиришни сўрамоқда  3 19:32"Динамо" хорижда йиғин ўтказади  3 19:09"Лион"нинг Лига 1даги тақдири ҳал бўлди  0 18:31Фабрицио Романо Элдор Шомуродов трансфери бўйича маълумот берди  5 17:45КЖЧда энг кўп мухлис қайси жамоа ўйинига тушмоқда?  5 17:35Дублга эришган легионер, "Навбаҳор"ни мағлуб этган мураббий, гол ўтказмаган посбон ва 25 ёшли ҳимоячи — Суперлигада 15-турнинг энг яхшилари  1 17:29Мирко Еличич - "Локомотив" бош мураббийи  2 17:12Рустам Ашурматов "Истиқлол" футболчисига айланди  1 17:08Расман: Бобир Абдихолиқов "Пахтакор" футболчиси  7 16:58Мали, Фламарион, Качорри, Ратиньо, Дориев ... Суперлига 15-тур рамзий терма жамоаси  1 16:20"Андижон"га янги дарвозабон ва мураббий келмоқда  9 16:069 нафар ҳакам ўйин натижаларига таъсир кўрсатишда гумонланмоқда  6 15:55Эшитдик-да! "Навбаҳор" яна икки нафар бразилиялик футболчини олиб келмоқчи  11 15:32Улар ҳақида эртага ҳам гапиришади: биринчи давранинг кашфиётлари кимлар бўлди?  1 15:10Авазбек Ўлмасалиев: "Иккинчи даврада ўз ўрнимизни қайтарамиз, ОКМК курашдан чиққани йўқ"  0

Andrey Derkach: Qizilqum jamoasiga nafim tegsa bundan xursand bo'laman Yangiliklar

Andrey Derkach: Qizilqum jamoasiga nafim tegsa bundan xursand bo'laman

Oliy liga to'qqizinchi turidan joy olgan Qizilqum - Andijon jamoalari (2:1) uchrashuvidan so'ng, mezbonlarning ukrainalik legioneri Andrey Derkach o'yin haqida o'z fikrlarini bildirdi.

-Oxirgi ikki turdagi omadsizlikdan so'ng, muxlislarimizga g'alaba taqdim qilganimizdan juda mamnunmiz, - deydi Andrey Derkach. - Andijon - chempionatning shakllangan va kuchli jamoalaridan biri sanaladi. O'tgan yilgi mavsumda bu jamoani Navoiyda 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchratgandik. O'shanda mening kiritgan yagona golim konchilarga muhim uch ochkoni tuhfa qilgandi.

Bu galgi uchrashuvda kutilmaganda jamoadoshim Georgiy Kvesieshvili o'z darvozamizni ishg'ol etib qo'ydi. Avtogoldan hech kim kafolatlanmagan. SHu bois, biz sarosimaga tushib qolmadik. Oradan ko'p o'tmay, raqib darvozasiga to'p kiritib, hisobni tenglashtirdim. Bundan ruhlanib olti daqiqa o'tar-o'tmasdan hisobda oldinga chiqib oldik. Muxlislarni g'alaba bilan tabriklayman.

Navoiyda ahil va inoq jamoa shakllangan. Bu erdagi shart-sharoitlar va muxlislarning faolligi bizni faqat g'alaba sari undayapti. Bir necha yildirki, Qizilqum jamoasi tarkibida o'ynayapman. Jamoamga nafim tegsa, bundan faqat xursand bo'laman.

Qizilqum PFK Matbuot xizmati.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика