So’nggi yangiliklar

14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  1 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  4 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  0 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  1 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  28 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  3 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  29 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  6 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  1 07:52"Интер Майами" "Ред Буллз"ни 5:1 ҳисобига ютди — Мессидан дубль  25 07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  3

Andrey Demchenko: "O'ylaymanki, oliy ligada qolamiz" Yangiliklar

Andrey Demchenko: "O'ylaymanki, oliy ligada qolamiz"

Oliy liganing 23-turidan o'rin olgan "Obod" - "Lokomotiv" (1:3) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Andrey DEMCHENKO o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Raqib kuchli, o'yinni yaxshi tashkil qiladigan futbolchilardan iborat jamoa, shu bois bugun bizning himoyamizda bir qator kamchiliklar ko'rindi, muammolarga duch keldik. SHuning uchun hisob adolatli bo'ldi, deb o'ylayman. Afsuski, bittagina gol urdik. Tan olish kerak, tarkimizdagi futbolchilarning saviyasini raqibniki bilan solishtirib bo'lmaydi. Agar ochkolik bo'lganimizda qahramonga aylanardik, ammo bunday bo'lmadi.

To'g'ri, bitta gol urdik, lekin ochig'ini aytaman, hisob 0:3 ko'rinishini olganidan keyin raqib xotirjamlikka berildi va bizga o'ynash imkoniyatini yaratdi. Biz shundan foydalandik. Fikrimcha, ular oxirigacha katta kuch bilan harakat qilishganida bizga oson bo'lmasdi, gol urishimiz ham qiyin kechardi. Ammo aytishim lozim, o'sha bitta gol ham bizni xursand qildi, chunki gol ura oldik.

Jismoniy holatdagi muammolar? Bizda ikkinchi davraga tayyorgarlik jarayonida vaqt kam edi. 15 kun ichida ham jamoa tuzishimiz, ham tashkiliy ishlarni joyiga qo'yishimiz lozim edi. Aniqroq tushuntirishga harakat qilaman: biz futbolchilarning jismoniy holatini kuzata olmadik, kim futbol o'ynay olsa, o'zimizning "somalyotga" taklif qildik. Endi rasmiy o'yinlarda ularning holatini kuzatib boryapmiz.

Oldimizda ikki haftalik tanaffus bor. Bundan unumli foydalanishga harakat qilamiz. Barcha kamchiliklar borasida ishlaymiz. Hozir jamoada qandaydir o'zgarish qilishimiz shart! CHunki shunday qilmasak bo'lmaydi. O'rinbosarlar tarkibida iqtidorli o'yinchilar bor. Ularni tarkibga jalb qilamiz, imkoni boricha ularga ham imkoniyat beramiz. Qisqasi, hozirgi vaziyatdan chiqishga urinamiz. Maqsadimiz oliy ligada qolish, o'ylaymanki, buni uddalay olamiz. Hali biz ochko olishimiz mumkin bo'lgan raqiblar bor. Agar Olmaliqdagi va bugungidek o'yin namoyish qilsak, o'zimizga kerakli ochkolarni jamg'ara olamiz.


Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика