Andrey Vaybert: “Nasaf”da iqtidorlar etarli”
11 dek 2013 11:00
Yangiliklar

Andrey Vaybert: “Nasaf”da iqtidorlar etarli”
Germaniyalik mutaxassis Andrey Vaybert yurtimiz futbol ishqibozlariga ancha tanish.
Yoz oylarida u yurtimizning bir qator shaharlarida yosh futbolchilar uchun master-klass o'tkazib, ko'pchilikning nazariga tushgan edi. Ushbu hamkorlik natijasida “Nasaf” futbol maktabid yoshlari uchun ikki haftalik o'quv-mashg'ulotlarini o'tkazdi. Ushbu o'quv-mashg'ulotlar jarayoni yakuniga etgach, Andrey o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- Andrey, “Nasaf” jamoasi varianti Sizda qanday paydo bo'ldi?
- Men O'zbekistonning turli xududlari bo'ylab master-klass o'tkazganimda tadbirlarimizning so'ngisi aynan Qarshi shahrida tashkil etilgan edi. O'sha mashg'ulotlardan so'ng “Nasaf” klubi rahbariyati, shaxsan klub bosh menejeri SHamil Samigulovich meni jamoaga taklif etgandi. Ana shu taklifga binoan men klub futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilari bilan ikki hafta mobaynida mashg'ulotlar o'tkazdim. Mening ixtiyorimga 2000 yillarda tug'ilgan bolalardan iborat jamoani berishdi. Nega aynan ushbu guruhdagi bolalar bilan ishlashim sababi – ular murabbiyi tomonidan beriladigan ko'rsatmalarni tezda ilg'ay olishadi va buni amalga oshirishga intilishadi.
Ixtiyorimdagi guruh 27 nafar yosh futbolchilardan tashkil topgan. Fikrimcha, malum bir jarayonni amalga oshirish uchun bir guruhda ko'pi bilan 20-22 nafar bolalar bo'lishi lozim. Umuman bu erdagi ikki haftalik mashg'ulotlar jarayoni menda katta taassurot qoldirdi. Futbol maktabida meni iliq qarshi olishdi. Bolalar bilan kuniga ikki martadan nazariy va amaliy mashg'ulotlarni o'tkazdim. Murabbiylar bilan tajriba almashdik. Mashg'ulotlar yakunida biz futbol maktabining 1999 yilda tug'ilgan o'smirlari bilan kuch sinashdik va 7:1 hisobida g'alaba qozondik. Bu o'yinda bolalar ko'rsatmalarni bekamu ko'st bajarishga harakat qilishdi. Umuman bu yoshdagi futbolchilar bilan ishlash menga zavq bag'ishlaydi.
- Germaniyadagi futbol maktablari bilan bizni futbol maktablarini solishtirsak farq nimalarda seziladi?
- O'ziga xos salbiy va ijobiy tomonlari bor, albatta. Eng muhimi bu yoshda futbolchilarni tayyorlashda bir xillikdan uzoqlashish lozim. Deylik, yosh bolalarga mashg'ulotlarda faqat futbol emas, voleybol, gandbol va yoki basketbol kabi sport turlaridan ayrim elementlarni o'zlashtirishi lozim. Qolaversa, ularga erkinlik yaratish kerak. Buning uchun esa futbol maktabida barcha sharoitlar yaratilgan bo'lishi lozim. Taqqoslaydigan bo'lsam, Germaniyada futbol maktablarida odatda 18 yoshgacha yosh futbolchilarga tahsil olishadi Yana bitta eng katta farq bu O'zbekistonda 16 yoshdan keyin ko'pgina futbolchilar etiborda chetda qoladi. Bu yoshdagi futbolchilarda iqtidor va mahorat etarlicha bo'lsada, ular yangi jamoaga birdaniga moslashib keta olishmaydi. Natijada ushbu yosh toifasida ko'pchilik o'smirlar futbolni tark etishga majbur bo'lishadi.
A.NURIY suhbatlashdi.

Fikrlar