Andrey Pyatov: "O'yin "MYU"ning goligacha davom etti xolos"
11 dek 2013 12:05
Yangiliklar


Andrey Pyatov: "O'yin "MYU"ning goligacha davom etti xolos"
"SHaxtyor" darvozaboni Andrey Pyatov "Manchester Yunayted"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin, o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashib, raqib goli jamoasi o'yinini sindirganini takidladi.
"O'yin urilgan golga qadar davom etti, deb aytish mumkin. Bu gol "SHaxtyor" o'yinini sindira oldi. Havodan to'p uzatildi. Kimdir ulgurmadi, kimdir noto'g'ri joy tanladi. Raqib zarba yo'llab, o'yin taqdirini hal qildi. Birinchi bo'limda yaxshi o'yin ko'rsatdik. Ikkinchi bo'limni ham yaxshi boshlagandik. Biroq, aytib o'tganimdek, o'yin bitta golgacha bo'ldi", dedi darvozabon.

Fikrlar