Andrea Pirloning Federiko Bernardeskidan qanday maqsadda foydalanmoqchi ekanligi malum Yangiliklar

Andrea Pirloning Federiko Bernardeskidan qanday maqsadda foydalanmoqchi ekanligi malum

Pirlo futbolchining poziciyasini o'zgartiradi.

“Yuventus” ustozi Andrea Pirlo jamoa yarim himoyachisi Federiko Bernardeskidan o'ng qanot himoyachisi sifatida foydalanishni ko'zlamoqda. Pirlo 26 yoshli futbolchining qanot himoyasida to'p tepa olishiga ishonmoqda. Bernardeski bir necha kun oldin jarohatidan forig' bo'lib mashg'ulotlarga qaytdi. Qayd etish joiz, Federiko butun faoliyati davomida yarim himoya va hujum chizig'ida harakat qilib kelgan. 

Hozircha futbolchi joriy mavsum “Yuventus” safida bitta ham o'yinda qatnashgani yo'q.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика