So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  1 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  1 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  11 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

Andrea Pirlo: “Nyu-York Siti”da shartnomam oxirigacha qolaman” Yangiliklar

Andrea Pirlo: “Nyu-York Siti”da shartnomam oxirigacha qolaman”

Teglar :  Pirlointervyu
Italiyalik 36 yoshli yarim himoyachi Andrea Pirlo katta yoshda ekaniga qaramay, maydonda hamon boshqalardan faolroq harakat qilishini ECHLning o'tgan mavsumida barchaga namoyish etdi.

Ayni paytda MLSda o'ynayotgan futbolchiga “A” seriyaning bir qator klublari qiziqish bildirishdi, lekin Andrea AQSHda qolishni xohlashini malum qildi.

U “Nyu-York Siti”da iyuldan o'ynashga tushdi va dastlab uning harakatlari ko'pchilikni ajablantirdi. Keyin u yuqori saviyada o'ynashga tushdi. Pirloning o'zi AQSHdagi birinchi mavsumidan ko'ngli to'lganini bildirdi. U Nyu-Yorkka ko'chib o'tish chog'ida oldiga qo'yilgan maqsadini uddalash uchun urinishi va Italiyaga qaytishni rejalashtirmayotganini takidlab o'tdi.

- Siz “Inter”ga o'tishga yaqin edingizmi?

– Bu jamoaning qiziqishi haqida gaplarga etibor qaratmayman. Bunday narsalarga ko'nikib qolganman. Oxirgi oylarda men bilan boshqa klublar ham aloqaga chiqishdi, lekin “Nyu-York Siti” bilan shartnomam bor. Men bu klubni hurmat qilaman va bu erda menga ishonishadi. Bu safar mavsumni boshidan boshlayman, bizda yangi murabbiy bo'ladi. Biz katta muvaffaqiyatga erishishga qodirmiz.

- MLSda sizni nima qiziqtirdi?

– AQSHda g'alaba qozonish va yangi hayotiy tajriba olishni istadim. “Yuventus”da qolishimni xohlashdi va yana bir yillik shartnomam bor edi. Lekin men boshqacha qarorga keldim.

- Saviyasi juda yuqori bo'lmagan chempionatda o'ynab, tavakkal qilmayapsizmi?

– Bu erda “A” seriyaga qaraganda futbolchilarga bosim kam, ammo chempionat o'smoqda. Yangi chaqiruvni qabul qilishni xohladim va men qalban yuqoriga intilaman.

- Antonio Konte bilan munosabatingiz qanday?

– Biz “Yuventus”da ko'p narsaga erishdik. U endi Italiya terma jamoasini shug'ullantirmoqda. O'rtamizda hech narsa o'zgarmagan. U hamon o'ynayotganimni biladi va MLSdagi o'yinimni kuzatishi mumkin.

- Agar Italiyaga qaytmasangiz u sizni terma jamoaga chaqirmasa-chi?

– Konte mening Evropaga qaytishimni talab qilayotgani to'g'ri emas. Men doim yaxshi o'ynashim kerakligini bilaman, Evropa chempionatiga terma jamoaga chaqirilishim haqida qarorni u hal qiladi. Unga o'yinim bilan bosh og'rig'i taqdim etishga va Evropa chempionatida tarkibdan o'rin olishga harakat qilaman.

- Amerikada ishlaringiz qanday?

– Bu haqida xulosa qilishga hali erta. CHunki men mavsum boshlanib bo'lgandan keyin kelgandim. Yanvarda mashq qilishda davom etaman va martda tayyor bo'laman. Faoliyatimni yuqori notada yakunlashni istayman.

- Faoliyatingizdagi qaysi lahza keskin burilish nuqtasi bo'lgan?

–Karlo Macconedan minnatdor bo'lishim kerak. U 2001 yil mendan Roberto Badjoga bo'sh hudud yaratib berish uchun ichkariroq o'ynashimni so'ragan. O'shandan beri men yaxshiroq bo'lishga intilib keldim.

- Mayda siz deyarli “Barselona”va Lionel Messini mag'lub etishni uddaladingiz.

– Ikki marta CHempionlar ligasini yutganman, biroq o'tgan yilgi final juda alamli bo'ldi. “Barselona” shunchaki kuchliroq chiqdi. “Yuventus” hisobni tenglashtirgandan keyin ustunlik biz tomonga o'tdi, biroq biz bog'liqlikni yo'qotdik va qarshi hujumni o'tkazib yubordik.

- Italiyaning qaysi shahrida yuragingiz qolib ketgan?

– 20 yil ichida “Inter”, “Milan” va “Yuventus” - uch buyuk klub uchun o'ynashga ulgurdim. Ular juda ajoyib, birini tanlay olmayman. Yuragim umrbod Italiyada qolgan – bu eng muhimi.


Behzod Nazarov tayyorladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика