Andre Villash-Boash: "Bistrov, Izmaylov va Odil Ahmedov "Krasnodar"ni kuchaytirishdi"
17 okt 2014 11:09
Yangiliklar

Andre Villash-Boash: "Bistrov, Izmaylov va Odil Ahmedov "Krasnodar"ni kuchaytirishdi"
"Zenit" klubi bosh murabbiyi Andre Villash-Boash "Krasnodar"ga qarshi o'yindan oldin ochiq mashg'ulotlar vaqtida jurnalistlar savollariga javob berdi.
Murabbiyga "Krasnodar" borasida ham savollar berildi.
- Krasnodar haqida fikringiz qanday? Bu jamoa boshqalardan nimasi bilan farq qiladi. Zenit va Krasnodar hujumkor o'yin namoyish etishadi. Bahs qanday o'tarkin?
- Krasnodar – Rossiyada menga eng yoqqan jamoalardan biri. Ularning o'yini to'g'ri tashkil etilgan, jamoa hujumkor taktikada o'ynaydi. Bundan tashqari, krasnodarliklar qarshi hujumlarda juda tez. Krasnodarga qarshi o'yin og'ir kechadi, sababi raqib har bir xatodan unumli foydalanishi mumkin.
Umuman olganda Zenitni qiyin o'yin kutmoqda. Krasnodar bir necha o'yindan beri yutqazmayapti, evrokubokda ham yaxshi o'ynmoqda. Jamoa o'tgan yilga nisbatan juda katta o'sishga erishgan. Roman SHirokov ketgan bo'lsa ham Krasnodar bir qator kuchli futbolchilar bilan kuchaydi. Ular orasida Vladimir Bistrov, Marat Izmaylov va Odil Ahmedov kabi o'yinchilar bor. Bu juda yaxshi transferlar.
Eslatib o'tamiz, "Krasnodar" - "Zenit" uchrashuvi 18 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:00da boshlanadi.

Fikrlar