“Andijon”ni bugun Gess maydonga olib tushadi
26 sen 2014 07:00
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/145756_original.jpg)
![](/upload/storage/145756_220.jpg)
“Andijon”ni bugun Gess maydonga olib tushadi
Saytimiz orqali avval xabar berganimizdek, Edgar Gess “Andijon”ga tashrif buyurgandi.
Rahbariyat bilan o'tkazilgan muzokaralar shuni ko'rsatdiki, kelishuv har ikki tomonni ham qoniqtirgan. SHu bois Edgar Yakovlevich rasman “burgutlar” ustoziga aylandi. Yangi murabbiy futbolchilar bilan ikki marotaba mashg'ulot o'tkazishga ham erishdi. Bugun “Navbahor”ga qarshi kechadigan bahsga “Andijon”ni aynan Gess maydonga olib tushadi.
Murabbiylar shtabida unga Oleg Tyulkin va Vitaliy Legaydan tashqari Server Esetov ham yordam beradigan bo'ldi. 2006 yilgi mavsumni “Andijon”da o'tkazgan sobiq posbon endilikda murabbiy sifatida faoliyat yuritadi.
Ko'ramiz, Gessning “Andijon”ga qaytishi qanday chiqarkin?
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar