"Andijon". SHuhrat Mirxoldirshaev: "Kamoliddin Kenjaevni qo'llab-quvvatlaymiz"
01 noy 2014 22:46
Yangiliklar

"Andijon". SHuhrat Mirxoldirshaev: "Kamoliddin Kenjaevni qo'llab-quvvatlaymiz"
Xabaringiz bor, yaqinda “Kamoliddin Kenjaevga yordam beramiz” akciya tadbiri yo'lga qo'yildi.
Ayni paytda akciya ancha avjiga chiqdi va unda ishtirok etishni xohlovchilar soni ortib bormoqda. Joriy mavsumni “Andijon” jamoasida o'tkazayotgan tajribali hujumchi SHuhrat Mirxoldirshaev ham “Kamoliddin Kenjaevga yordam beramiz” akciyasida ishtirok etishini malum qildi.
- Men ham bu akciyada qatnashib, Kamoliddin Kenjaevga yordam berish uchun o'z hissamni qo'shmoqchiman. Kamoliddin bilan “Mashal”da birga o'ynaganman va u ajoyib futbolchi edi. Kamoliddinni tezroq sog'ayishini Ollohdan so'rayman. O'z navbatida futbolchilarni bu akciyada ishtirok etishga chaqirayotgan Aleksandr Geynrixga minnatdorchilik bildiraman. Og'ir damda insonlarga yordam qo'lini cho'zish bizning mentalitetga xos odatdir. SHu bois akciya tashkilotchilarining bu qarorini qo'llab-quvvatlayman, - dedi Mirxoldirshaev.

Fikrlar