So’nggi yangiliklar

00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  1 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  0 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  3 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  6 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  4 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  15 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  6 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  6 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  13

“Andijon” safiga litvalik futbolchilar qo'shiladi Yangiliklar

“Andijon” safiga litvalik futbolchilar qo'shiladi

Yangi yil bayramidan so'ng andijonliklarni juma kundan ikkinchi yig'ini boshlanadi.
3-15 yanvar kunlari oralig'ida o'tadigan bu safargi yig'in ham Andijonda olib boriladi. Yanvar oyida andijonliklar safiga legionerlar qo'shilishini xabar qilgandik. Bu legionerlar kimlar ekanligini o'quvchilarimizga aytib o'tmoqchimiz. Ikkala futbolchi ham Litvadan tashrif buyuradi.

Bular - himoyachi Gedminas Paulauskas va hujumchi Neriyus Astrauskas. Ikkala futbolchi ham Litvaning etakchi klublarida to'p surgan. 1980 yilda tug'ilgan Astrauskas Litvadan tashqari Kipr, Greciya va Malta mamlakatlarida ham faoliyat olib borgan. Maltada u “Rabat Ayaks” klubida o'ynagan. 2013 yilgi mavsumni hujumchi Litvada “Kruoya” jamoasida o'tkazgan. Bundan ko'rinib turibdiki, bu hujumchida tajriba yuqori. Lekin Paulauskas va Astrauskas “Andijon” mashg'ulotlarida qatnashib ko'rikdan o'tishadi. Legionerlarning harakatlari murabbiylarga maqul kelsa ular bilan shartnoma imzolanadi.

Legionerlardan tashqari yanvar oyida “Andijon” safiga SHuhrat Mirxoldirshaev ham qo'shiladi. Tajribali hujumchi 2009-2010 yillarda aynan shu jamoada to'p surganini muxlislar yaxshi bilishadi. Bundan tashqari murabbiylar yana bir qator mahoratli o'yinchilar bilan ham muzokaralarni davom ettirishmoqda.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика