"Andijon" qolgan turlarda muxlislarni xursand etishni maqsad qilgan
13 okt 2014 17:09
Yangiliklar
"Andijon" qolgan turlarda muxlislarni xursand etishni maqsad qilgan
Bir kunlik dam olishdan so'ng “Andijon” jamoasi futbolchilari kechadan yana klub qarorgohiga jam bo'lishdi.
17 oktyabr kuni “Metallurg”ga qarshi o'yin uchun jamoamiz tayyorgarlikka astoydil kirishdi. Garchi oliy ligada qolish imkoniyati juda oz bo'lsa-da, jamoa oxirigacha kurashishni maqsad qilgan. Bundan tashqari futbolchilar qolgan uchrashuvlarda muxlislarni xursand etish maqsadida to'p suradilar. SHu sababli “Metallurg” bilan o'yinga qizg'in hozirlik ko'rilyapti.
Eslatib o'tamiz, "Andijon" va "Metallurg" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv 17 oktyabr kuni "Sog'lom avlod" stadionida soat 16:00da boshlanadi.
Eslatib o'tamiz, "Andijon" va "Metallurg" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv 17 oktyabr kuni "Sog'lom avlod" stadionida soat 16:00da boshlanadi.
Fikrlar