"Andijon" poytaxtda yig'inni boshladi
24 jan 2014 22:38
Yangiliklar

"Andijon" poytaxtda yig'inni boshladi
Bugun “Mirakel” mehmonxonasiga joylashgan “Andijon” jamoasi Toshkentdagi o'quv-mashg'ulot yig'inini boshladi.
Ushbu yig'in 2 fevralga qadar davom etadi. Mashg'ulotlarni jamoamiz poytaxtdagi turli maydonlarda olib borishadi.
Toshkentda boshlangan yig'inga jamoamiz safiga ikki nafar o'yinchi qo'shildi. Avval xabar qilganimizdek, tajribali hujumchi SHuhrat Mirxoldirshaev mashg'ulotlarda ishtirok etishni boshladi. Bundan tashqari “Paxtakor”dan yosh futbolchi Azamat Abdullaev ham tarkibga qo'shildi. “Paxtakor”ga tegishli bo'lgan Abdullaev o'tgan yili ijara asosida “Qizilqum”da o'ynagandi.
Poytaxtdagi dastlabki yig'in davomida andijonliklar 4ta nazorat uchrashuvi o'tkazishni rejalashtirishgan. Azamat Abduraimov shogirdlari birinchi o'yinni 27 yanvar kuni “Bunyodkor-2” jamoasiga qarshi o'tkazishadi. 29 yanvarda “Oqtepa”, 31 yanvarda “Metallurg” va 2 fevral kuni “NBU-Osiyo” jamoalari bilan kuch sinashiladi.

Fikrlar