So’nggi yangiliklar

21:10Суперлига. "Пахтакор" — "Локомотив" 2:0 (матнли трансляция)  5 21:00Суперлига. "Бобур Арена"да 5 та гол урилган ўйинда "Сурхон" "Андижон"ни мағлуб этди  83 20:35ЦСКА - "Локомотив" 0:1 (Матнли трансляция)  7 20:32АПЛ. Челси – Манчестер Сити 0:1 (Матнли трансляция)  10 20:28Ўзимизнинг карикатура. "Air Alikulov" парвозини давом эттирмоқда  0 20:00Лига 1. "Ланс" "Анже" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  0 19:54ҚПЛ. Яхшибоевнинг дубли "Ордабаси"га меҳмондаги ғалабани тақдим этди!  2 19:10"Пахтакор" — "Локомотив". Таркиблар маълум  2 18:26БАА Лига кубоги. "Ал Жазира" — "Ал Батеҳ". Ғаниев бугун дебют қиладими?   0 18:19Ўзимизнинг карикатура. Вадим Абрамовнинг "Динамо"сидан "оловли" ўйин  3 17:10"Барса" пул ва Ольмонинг келиши сабаб Гюндоганни сотмоқчи. Илкай кетмоқчи эмас (Marca)  3 16:41Фермин Лопес "қовун туширди"  2 16:17Суперлига. 14-турнинг қолдирилган 3 ўйинида ишлайдиган ҳакамлар маълум  7 15:13"Рома" бугун "Кальяри" меҳмони бўлади. Шомуродов қайдномадан жой олдими?  7 14:42U-16 Халқаро ўртоқлик турнири. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси кутилмаганда Вьетнамга йирик ҳисобда мағлуб бўлди  12

"Andijon" o'z maydonida "Olmaliq" bilan durang o'ynadi Yangiliklar

"Andijon" o'z maydonida "Olmaliq" bilan durang o'ynadi

Oliy liganing 17-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Olmaliq" uchrashuvining matnli translyaciyasini shu erda kuzatib borish mumkin bo'ldi..

17:30. “Andijon” – “Olmaliq” 1:1 (1:1).

22 avgust. Andijon. “Sog'lom Avlod” stadioni. 

Hakamlar: I.Tantashev (Buxoro), B.Qodirov (Buxoro), A.Qo'ldoshev (Buxoro), A.Ergashev (Toshkent).

Nazoratchi: I.Nexochin (Namangan).

Komissar: Farhod Magometov (Toshkent).

Gollar: Azamat Isroilov, 40 - 0:1. Abdulatif Abduqodirov, 45+1 - 1:1.

“Andijon”: 1.Muhiddin Xudoyorov, 3.Davron Tursunov, 4.Rahim Qodirov, 6.Ibrohim Otaxonov, 15.Abdulatif Abduqodirov, 17.Mirzakamol Kamolov, 28.Rasul Rahmonov (S) (11.SHuhrat Mirxoldirshaev, 79), 31.Abbos Maxstaliev, 35.Vitaliy Vizaver (21.Abdulaziz Yusupov, 57. 8.Bahrom Abdurahimov, 69 ), 41.Maksimilian Fomin, 64.Aziz Ibragimov.

Zaxira: 30.Sergey Smorodin, 9.Lochin Soliev,  19.Alisher To'xtasinov,  99.Ayubxon Gapparov.

“Olmaliq”: 16.Umid Xonimqulov (S), 4.Abduqahhor Xojiakbarov, 5.Azamat Isroilov, 6.SHakir Zuagi, 7.Doston Abdurahmonov, 10.Sanjar SHoahmedov, 11.Zohir Pirimov (17.Nikita Pavlenko, 65), 15.Obid Jo'raboev, 20.Darko Stanoevich, 50.Evgeniy Gogol (55.Franjich Petr, 27), 93.Islombek Isoqjonov (99.Timur Hakimov, 86).

Zaxira: 25.Akmal Ortiqov, 18.Dilyaver Abibullaev, 24.Diyor Turopov,  87.Jahongir Jiyamurodov.

Ogohlantirishlar: Obid Jo'raboev, 52. Aziz Ibragimov, 62.


* Assalomu alaykum qadrli futbol muxlislari Andijondagi bahsning boshlanishiga sanoqli daqiqalar qoldi.

* Bugun muxlislarni qiziqarli o'yin kutib turibdi desak mubolag'a bo'lmaydi. Har xolda shunga umid qilamiz. 

* Oliy ligada qolish uchun kurashayotgan "burgutlar"ni bugun faqat va faqat g'alaba qoniqtiradi.

* Maydon egalari tarkibida o'zgarishla bor. Asror Rahmonov diskvalifikaciya tufayli bugungi o'yinni o'tkazib yuborsa, Temur G'aniev murabbiylar shtabi tomonidan tarkibga kiritilmadi.

* Davralar oralig'ida "Andijon" safiga kelib qo'shilgan Maksimilian Fomin bugun yangi jamoasi tarkibida debyut uchrashuvini o'tkazadi.

* Stadiondagi muxlislar tashrifini u qadar ko'p deya olmaymiz. Buni tushunsa bo'ladi. 


* Andijonda ob-havo issiq. Futbolchilarga qiyin bo'lishi tayin.


 * Futbolchilar maydonga chiqib kelishmoqda. Birozdan so'ng Ilgiz Tantashev xushtagini chalib, o'yin boshlanishiga ruhsat beradi.


* Soat 17:30. O'yin boshlandi.


* Mezbonlar to'pni o'yinga kiritgan xolda, bahsni boshlashdi.


* To'p "Olmaliq" futbolchilarida. Mehmonlar o'yinni o'z nazoratiga olishga harakat qilmoqda.


2. Aziz Ibragimov to'pni oldinga tepib, Abduqodirovni qulay vaziyatga chiqarmoqchi bo'ldi. Biroq mehmonlar havfni bartaraf etishga erishdi.  


4. Kamolov o'ng qanotda Obid Jo'raboevdan to'pni olib qo'yib oldinga tashlandi. Uning jarima maydoni ichiga uzatgan to'pini Gogol hotirjam tarzda qaytarishga erishdi. 


8. Mirzakamol Kamolov o'ng qanotda faollik ko'rsatmoqda. 


9. "Olmaliq" qarshi hujumga o'tdi. SHoahmedov to'pni egallab olib, Pirimovni pas bilan taminladi. Zohir esa Isoqjonov bilan "stenka" o'ynagan xolda jarima maydoni ichiga yorib kirdi. "Olmaliq"ning 93-raqamli hujumchisining bergan zarbasi ustun yonidan o'tib ketdi. 


12.Maxstalievning raqib darvozasi tomon bergan zarbasi Stanoevichga tegib yo'nalishini o'zgatirdi.


13.Abbos Maxstalievga nisbatan qo'pollik ishlatildi. Ibragimov jarima zarbasini amalga oshirdi. "Olmaliq" himoyachilari o'z jarima maydoni ichida to'pni qaytarishga erishdi.


17.Mehmonlarda hisobni ochish imkoniyati yuzaga keldi. Jarima maydoni ichidagi pala-partishlik sal bo'lmasa "Andijon"ga qimmatga tushishi mumkin edi.


20. Bugun har ikkala jamoa ham bir nafar hujumchi bilan o'ynamoqda. 


24. Malumot o'rnida yana shuni qo'shimcha qilish joizki, Igor SHkvirini boshqaruvidagi "Olmaliq" ikkinchi davraning dastlabki 3 turida bir ochko jamg'argan.


25. Maydon egalari "Andijon" esa uch ochkoni o'z hisobiga yozdirib qo'ygan.


26. Evgeniy Gogol raqib o'yinchisi Davron Tursunov bilan to'qnashib ketib, boshidan og'ir jarohat oldi. Rossiyalik himoyachini tez tibbiy yordam xizmati shifoxonaga olib ketmoqda.


27. Gogolni o'rniga asvtraliyalik Franjich Petr maydonga tushirildi.


33. Rasul Rahmonovning jarima maydoni ichida bergan kuchli zarbasini Xonimqulov mahorat ko'rsatib, to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.


34.Burchak to'pini amalga oshirgan maydon egalari ayni shu daqiqada hisobni ochishi mumkin edi. Davron Tursunov bosh bilan to'pni darvozaga yo'llamoqchi bo'ldi. Biroq zarbaga aniqlik etishmadi. 


36. Xavfli vaziiiyayayat! Tursunov yana gol urish uchun qulay imkoniyat bo'lgandi. Jarima maydoni ichiga uzatilgan to'pga Davron salgina kech qoldi.  


40. GOOOOOLL. Azamat Isroilov jarima maydoni ichida to'pni qabul qilib olib, Xudoyorov darvozasini ishg'ol etgan xolda, hisobni ochishga erishdi.

* Bosh hakam birinchi bo'limdagi to'xtalishlar uchun 2 daqiqa vaqt qo'shib berdi.


45+1. GOOOOLLLL. Mezbonlar hisobni tenglashtirishdi. Abdulatif Abduqodirov o'zining aniq zarbasi bilan Xonimqulovni ranjitdi. 


* Birinchi taym poyoniga etdi. Jamoalar tanaffusga yo'l oldi.


* Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda. 


46. Ikkinchi bo'limga start berildi.


47. Abbos Maxstaliev markazda to'pni egallab olib, oldinda turgan sherigi Abduqodirovga pas uzatdi. Lekin havodan uzatilgan to'pni Darko Stanoevich boshi bilan Xonimqulovga uzatib berdi.


49. Eslatib o'tamiz, ushbu jamoalarning birinchi davradagi to'qnashuvida 0:0 hisobi qayd etilgandi.


51. Aziz Ibragimov chamasi 35-40 metrlardan zarba yo'llab "Olmaliq" posbonining xushyorligini sinab ko'rdi. 


52. Vitaliy Vizaver raqibi Obid Jo'raboevdan to'pni olib qo'ydi. "Olmaliq" himoyachisi ushbu vaziyatda Aziz Ibragimovga qo'pollik ishlatdi va hakam tomonidan sariq kartochkaga loyiq topildi. 


59. Mirzakamol Kamolov o'z jarima maydoni ichida to'pni darvozabonga uzatdi. Sal bo'lmasa ushbu to'p uzatish, "Andijon" uchun qimmatga tushishi mumkin edi. To'p maydon tashqarisiga chiqarib yuborildi. 


62. Ibragimov raqibi SHakir Zuagiga nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun hakam tomonidan ogohlantirildi. aytish mumkinki, Aziz oldingi turda ham bosh hakam tomonidan sariq bilan "siylangandi".


64. "Andijon" futbolchilari qarshi hujum uyushtirdi. Rasul Rahmonov markazda to'pni egallab olib, oldinga yurish qildi. Mezbonlar sardori o'zidan ham oldinroqda turgan jamoadoshi Abduqodirovga to'pni oshirdi. Biroq Abdulatifning bergan zarbasi raqib himoyachilariga tegib qaytdi.


66. Endi Abduqodirovning o'zi hujum tashkil etdi. Qarshisida uch nafar raqibi bo'lishiga qaramay, 27 yoshli futbolchi aldamchi harakatlari bilan oldinga tashlandi. O'ng qanotdan "ochilib" borayotgan Kamolov to'pni qabul qilib olib, uni jarima maydon ichiga uzatdi. Biroq hech kim yo'q. 


69. "Andijon" murabbiyi hozir kutilmagan qarori bilan ko'pchilikni hayron qoldirdi. Zaxiradan maydonga tushganiga endigina 12 daqiqa bo'lgan Abdulaziz Yusupovning o'rniga Bahrom Abdurahimov tushirildi.


74. ZARBAAAA! Abduqodirov - Abdurahimovning driblingidan so'ng, Ibragimov chamasi 20 metrlardan darvoza sari kuchli zarba yo'lladi. Xonimqulov to'pni qiyinchilik bilan ushlab olishga erishdi.


76. Bahrom Abdurahimov mehmonlar jarima maydoni ichiga yorib kirdi va yiqildi. Hakam o'yinni davom ettirish kerakligini ko'rsatdi. 


79. Rasul Rahmonov jarohat olib maydonni tark etishga majbur bo'ldi. Uning o'rniga SHuhrat Mirxoldirshaev tushirildi.


80. Doston Abdurahmonov o'ng qanotdan jarima zarbasini amalga oshirdi. To'p ustun yonginasidan o'tib ketdi.


83. Maksimilian Fominda gol urish uchun juda qulay imkoniyat yuzaga kelgandi. Biroq uning bosh bilan bergan zarbasi raqib himoyachisiga tegib, maydon tashqarisiga chiqib ketdi.


86. O'tgan mavsumning birinchi davrasida "Andijon" uchun to'p tepgan Timur Hakimov bugun "Olmaliq" tarkibida zaxiradan maydonga tushirildi. 


87. SHakir Zuagi chap qanotda jarima zarbasini amalga oshirdi. Uning tepgan to'pi biroz noaniq ko'rinish oldi.


88. Bahrom Abdurahimov o'ng qanotdan katta tezlikda oldinga tashlandi. Raqiblari qurshovida qolib ketgan futbolchi orqaroqda turgan sherigi Kamolovni pas bilan taminladi. Mirzakamolning jarima maydoni ichiga uzatgan to'piga Abduqodirov egalik qilmoqchi bo'ldi. Biroq qanot hakami o'yindan tashqari xolatni qayd etdi.


90. Bosh hakam birinchi bo'limga 3 daqiqa vaqt qo'shib berdi.


O'yin yakunlandi. Birinchi davrada bo'lgani kabi ikkinchi davrada ham "Andijon" - "Olmaliq" bahsida durang qayd etildi.


Etiboringiz uchun tashakkur! Salomat bo'ling!



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика