“Andijon” – “Olmaliq” bahsi “Sog'lom avlod” stadionida bo'ladi
29 mar 2015 12:09
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/167213_original.jpg)
![](/upload/storage/167213_220.jpg)
“Andijon” – “Olmaliq” bahsi “Sog'lom avlod” stadionida bo'ladi
Avval xabar berganimizdek, oliy liganing 3-turidan o'rin olgan uchrashuv mehmon jamoaning stadionida o'tishi mumkin.
Gap “Andijon” – “Olmaliq” bahsi haqida ketayotganini zukko o'quvchilarimiz allaqachon anglab etgan bo'lsa ajab emas. Mazkur uchrashuv Olmaliqda o'tishi ehtimoli bor edi. Ammo tomonlarning o'zaro muzokaralaridan so'ng uchrashuv joyi o'zgartirilmaydigan bo'ldi. Yani 4 aprel, shanba kuni o'yin “Sog'lom avlod” stadionida kechadi. Aytishlaricha endilikda stadionda katta hajmda tamirlash ishlari ketayotgan ekan.
Eslatib o'tamiz “Andijon” – “Olmaliq” yoshlar jamoalari 3 aprel kuni SHo'rbuloq dahasidagi suniy maydonda o'ynaydi. O'yin soat 15:30da boshlanadi. Oliy liga uchrashuvi esa soat 16:00da start olishi ko'zda tutilgan. Aytish lozimki, shu kuni Andijonda chempionat ochilishi ham bo'ladi.

![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar