Andijon muxlislarining ochiq xati
27 jan 2014 16:03
Yangiliklar

Andijon muxlislarining ochiq xati
Hozirgi kunda barcha jamoalar yangi mavsumga qizg'in tayyorgarlik ko'rmoqdalar. Ularning qatorida Andijon ham o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazyapti.
Biz sevimli jamoamizning bu yig'inlarini diqqat bilan kuzatib boryapmiz. Lekin afsuski, jamoada jiddiy o'zgarishlar borligi unchalik sezilmayapti. Aslida oliy ligaga qaytgan har qanday jamoa tarkibni iloji boricha kuchaytirishga harakat qiladi. Buning uchun jamoaga mohir va tajribali o'yinchilar taklif etiladi. Tarkibni kuchaytirishga bel bog'lagan har bir klub mutasaddilari mablag' masalasini har qanday yo'l bilan iloji boricha ijobiy hal etishga harakat qiladilar. Andijon ham bu yil tarkibni biz kutgan darajada shakllantira oladi deb o'ylagandik. Biroq yanvar oyi tugab borayotganiga qaramay jamoada kuchli o'yinchilar ko'rinmayapti. Hozirgi tarkibda shug'ullanayotgan aksariyat futbolchilar 2012 yilgi mavsumda ham ishtirok etgandilar. Aynan ular o'ynagan paytda sevimli jamoamiz birinchi ligaga tushib ketgandi. O'shanda jamoada qandaydir parokandalik borligi ko'zga tashlangandi. Jamoaning hozirgi murabbiylar shtabi yana shu o'yinchilarga umid bog'layotgani bizni qattiq ajablantiryapti. Zero, 2012 yilda jamoaning elitani tark etishiga sababchi bo'lgan o'yinchilar yangi mavsumda oliy ligada qanday karomat ko'rsata oladilar? Buning ustiga ayni paytda jamoada moliyaviy muammolar borligi, bu muammolarni bartaraf etish uchun jiddiy choralar ko'rilmayotgani bizni ajablantiryapti.
O'tgan yili Andijon bir mavsumning o'zida oliy ligaga qaytishga erishgandi. SHu munosabat bilan yil oxirida o'tkazilgan tantanali marosimda viloyat hokimi ishtirok etib, jamoaga har doim katta etibor qaratilishini va o'zi ham klubimizga befarq emasligini takidlab, barchamizning ruhimizni ko'tarib yubordi. Bundan tash-qari yaqinda jamoa bosh murabbiyi Azamat Abduraimov viloyat hokimining qabulida bo'lganini aytib, bundan buyon hokimlik tomonidan klubga har taraflama yordam ko'rsatilishini malum qilgandi. SHularni inobatga olsak, jamoa yangi mavsumga yuqori darajada tayyorgarlik ko'rishi va hozirning o'zidayoq tarkibni to'liq shakllantirib bo'lishi kerak edi. Afsuski, hozirgi tayyorgarlik muxlislar kutgan darajada emas. Darvoqe, o'tgan yili jamoaning oliy ligaga qaytishiga katta hissa qo'shgan tajribali futbolchi Asqar Jadigerov hozir jamoa tarkibida yo'q. Klubga katta foyda keltirgan bunday o'yinchi nega tarkibda olib qolinmadi? Holbuki, oliy ligada aynan shunday futbolchilarning tajribasi jamoaga juda asqotadi. Bundan tashqari Andijon sharafini himoya qilishga tayyor turgan yana bir qator o'yinchilar bor. Agar murabbiylar ilojini topib, ularni yig'inlarga jalb etishsa, tarkib kuchayishi tayin. Hozir jamoa safida shug'ullanayotgan aksariyat o'yinchilar esa ilgari faqat birinchi ligada to'p surishgan xolos. To'g'ri, ular umidli va ishtiyoqi baland o'yinchilar, ammo oliy ligada qiynalib qolishlari mumkin. SHu bois ularning yoniga tajribali o'yinchilar qo'shib qo'yilsa, tarkib chindan ham kuchli ko'rinish olishiga ishonchimiz komil.
Etibor berayotgan bo'lsangiz, vodiyning boshqa ikki jamoasi - Neftchi va Navbahor oxirgi bir-ikki hafta ichida o'z tarkiblarini mohir o'yinchilar bilan to'ldirishga ulgurdilar. Holbuki bu jamoalarda ham o'ziga yarasha moliyaviy muammolar bor edi. Lekin Farg'ona va Namangan klublariga yangi murabbiylar tayinlanganidan keyin katta o'zgarishlar ro'y berdi. O'sha murabbiylar qisqa vaqt ichida tarkibni kuchli ijrochilar bilan to'ldirgan holda mashg'ulotlarni ko'tarinki ruhda olib bormoqdalar. +izig'i shundaki, bu jamoalarga ko'plab mohir o'yinchilar bajonidil kelib mashg'ulotlarda astoydil shug'ullanmoqdalar. Andijon klubida esa bunday ijobiy o'zgarishlar borligini deyarli ko'rmayapmiz. Buning sababi nimada? To'g'ri, tarkibni to'liq shakllantirishda mablag' masalasi muhim o'rin tutadi. Biroq izlagan imkon topadi deganlaridek, har qanday jamoa mutasaddilari avvalo klub shanini, bundan tashqari muxlislar manfaatini o'ylagan holda mavjud muammolarni bartaraf etishi kerak emasmi? Darvoqe, eshitishimizga qaraganda, jamoaning futbolchilar oldida mukofot pullari bo'yicha qarzi bor ekan. Bunday vaziyatda har qanday futbolchi ham hafsala bilan to'p surmaydi. Bosh murabbiy esa ulardan hech narsani talab qila olmaydi. SHu bois pul masalasi ijobiy hal etilsa yaxshi bo'lardi.
Xabaringiz bor, bu yil Andijon klubi o'zining 50 yilligini nishonlash arafasida turibdi. Mana shunday qutlug' sana yaqinlashayotgan bir paytda sevimli jamoamizda qandaydir beparvolik hukm surayotgani bizni qattiq tashvishga solyapti. Bu ketishda jamoa yangi mavsumni biz kutgan darajada boshlay olmasligi mumkin. Holbuki, klubning barcha muxlislari 2014 yilda Andijon jamoasi oliy ligada chiroyli o'yin ko'rsatgan holda iloji boricha yuqori o'rinlar uchun kurashishini istaydilar. Biz jamoaning 2008 yilda 5-o'rinni olgani bilan faxrlanib yuramiz. Lekin vodiydagi qo'shnilarimiz - Neftchi va Navbahor klublari o'z vaqtida mamlakat chempioni bo'lib, hammani qoyil qoldirishgan. Andijon muxlislari ham hech yo'g'i sovrinli o'rinlardan biri qo'lga kiritilishini, shu orqali jamoamiz Osiyo maydonlarida to'p surishini orzu qilib yashamoqdalar. Bu orzuni ro'yobga chiqarish ko'p jihatdan jamoa murabbiylari va futbolchilarning mahoratiga bog'liq ekanligini aytishga hojat yo'q. Jamoaning qanchalik baquvvat bo'lishini esa yil boshidagi sayi-harakatlar belgilab beradi. O'ylaymizki, Andijon bosh murabbiyi Azamat Abduraimov va uning hamkorlari vaziyatni to'g'ri baholagan holda mavsumga tayyorgarlikni yanada kuchaytiradilar. Bu borada ular muxlislarning fikr-mulohazalarini ham inobatga oladilar degan umiddamiz. Barchamiz yakdillik bilan harakat qiladigan bo'lsak, sevimli jamoamiz albatta kuchayadi va yangi mavsumda kutilgan darajada o'yin ko'rsatadi. Biz bosh murabbiy va uning jamoasiga hamisha omad tilaymiz. Jamoani har bir o'yinda qizg'in qo'llab-quvvatlashga tayyormiz!
Andijon klubi muxlislari nomidan
N.To'ychiev, B.G'ofurov, X.Xo'jamberdiev, F.Dadajonov.

Fikrlar