"Andijon" 15 dekabrga qadar tatilda
20 noy 2013 17:33
Yangiliklar

"Andijon" 15 dekabrga qadar tatilda
Bu yil birinchi ligada muvaffaqiyatli ishtirok etib kuchlilar safiga qaytgan “Andijon” jamoasi futbolchilari qishki tatilga chiqishdi.
Xabaringiz bor, 13 noyabr kuni “Sog'lom avlod” stadionida “Andijon” va “Bunyodkor” jamoalari o'rtasida xayriya uchrashuvi bo'lib o'tdi. Qolaversa, shu kuni jamoamiz mavsum yakuniga doir bayram kechasini o'tkazdi. Ana shu banketdan so'ng futbolchilar 15 dekabrga qadar qishki tatilga chiqdilar.
Kelasi mavsumda “Andijon” oliy ligada ishtirok etishi bois jamoa shunga yarasha tayyorgarlik ko'radi. 15 dekabrdan boshlanadigan dastlabki yig'in Andijonda olib boriladi. Ushbu yig'inda asosan futbolchilarning tiklanish jarayoni o'tkaziladi. Joriy mavsumda ijaraga olingan Sergey Smorodin, Andrey Sidorov, Akmal Tursunboev (barchasi “Paxtakor”), Akrom Komilov (“Bunyodkor”) va Sardor Soibov (“Neftchi” kabi futbolchilar o'z klublari ixtiyoriga qaytishdi. Hozircha jamoani hech kim tark etgani yo'q. Albatta, yangi mavsumga tayyorgarlik boshlanganda murabbiylar tarkibni kuchaytirishni maqsad qilishgan. SHu bois mavsumlar oralig'ida “Andijon” jamoasida ham o'zgarishlar bo'ladi.

Fikrlar