"Andijon"ning safardagi mag'lubiyatli seriyasi 9ta o'yinga etdi
21 iyu 2016 13:33
Yangiliklar
"Andijon"ning safardagi mag'lubiyatli seriyasi 9ta o'yinga etdi
Bu mavsumda "burgutlar" safardagi ettinchi o'yinda ham imkoniyatni boy berib qo'yishdi. O'tgan mavsumning oxirgi ikkita safar uchrashuvida yutqazgan "Andijon"ning raqiblar maydonidagi mag'lubiyatli seriyasi 9ta o'yinga etdi.
Oxirgi marta "Andijon" 2015 yil 21 oktyabr sanasida Farg'onada "Neftchi"ni mag'lub etib qaytgandi. Takidlash lozimki, bu mavsumda to'rt klub safardagi o'yinlarning barchasida mag'lubiyatga uchramoqda. Bular "Andijon", "Navbahor", "Obod" va "Qo'qon-1912".
"Andijon"ning safardagi oxirgi 9ta o'yini:
2015 yil
"Bunyodkor" - "Andijon" 4:0
"Paxtakor" - "Andijon" 6:0
2016 yil
"Paxtakor" - "Andijon" 2:1
"Qo'qon-1912" - "Andijon" 1:0
"Buxoro" - "Andijon" 5:2
"Nasaf" - "Andijon" 3:0
"Qizilqum" - "Andijon" 2:1
"Metallurg" - "Andijon" 3:1
"Bunyodkor" - "Andijon" 2:0
Malumot uchun, "Andijon" navbatdagi safar uchrashuvini 1 iyul kuni Namanganda "Navbahor"ga qarshi o'tkazadi.
Fikrlar