So’nggi yangiliklar

17:46Гвардиола "Сити" томонидан 22 марта қоида бузилгани ҳақидаги маълумотга изоҳ берди  1 17:11"Юве" Копмейнерс бўйича таклифни оширди  1 16:21Испания терма жамоаси футболчиси 40 млн. евро эвазига "Атлетико"га ўтди  2 16:10"Акрон" - "Динамо". Эсанов таркибдами?  4 15:43"Тоттенхэм" - "Бавария". Таркиблар эълон қилинди  3 15:30"Атлетико" 30+5 млн. евро эвазига ҳужумчи сотиб оляпти  4 15:00ОКМК ФК ва Қирғиз Республикаси академияси ўртасида меморандум имзоланди  3 14:49Франция ҳужумчиси: "Аргентиналиклар байрамимизни бузмоқчи эди, аммо у янада яхшироқ бўлди"  1 14:11Кьеза "Ювентус" қайдномасига киритилмади  2 13:46"Ал Иттиҳод" Эдерсон ўрнига 11 млн. евро эвазига бошқа дарвозабон сотиб олади  2 13:35"Вест Хэм" "Барселона" қизиққан Гидо Родригесни текинга ўз сафига қўшиб олади  1 12:36"Андижон" 17 та ўйиндан буён ОКМКни мағлуб эта олмаяпти  7 12:19Отаменди: "Францияликлар ғалабани бизнинг оиламиз вакиллари олдида нишонлашди. Нишонлагинг келса, олдимга кел, ҳал қиламиз"  16 12:01 "Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонларимиз - Алиев Диёрбек ва Маматов Муҳаммадамин  0 11:40"Қизилқум" - "Бунёдкор" ўйинидан кейинги қизиқарли фактлар  1

“Andijon”ni endi kim boshqaradi? Yangiliklar

“Andijon”ni endi kim boshqaradi?

Avval xabar berganimizdek, “Andijon” jamoasi bosh murabbiyi Edgar Gess ketma-ket omadsiz o'yinlardan so'ng o'z vazifasidan ozod etildi.

Endilikda muxlislarni navbatdagi murabbiy kim bo'lishligi qiziqtirmoqda. Ayni damda oliy ligada kichik tanaffus yuzaga kelgan. Navbatdagi tur o'yinlari 11-12 sentyabr kunlari bo'lib o'tadi. Demak, bungacha vaqt bor. Katta extimol bilan bo'lajak bahsgacha “burgutlar”ning yangi bosh murabbiyi malum bo'ladi. Hozircha “o't o'chiruvchilik” vazifasiga bir nechta mutaxassislarning nomzodi ko'rib chiqilayotgani haqida gap so'zlar yangramoqda. Xo'sh, ular kimlar? Quyida shular haqida so'z yuritamiz.

Sergey Kovshov yoshlardan asosiyga o'tadimi?
O'tgan yili “Neftchi” yoshlar jamoasini boshqargan Sergey Gennadevich farg'onaliklar bilan xayrlashgach, malum muddat ishsiz yurgandi. So'ngra uni joriy chempionat boshlanganidan so'ng “Andijon” murabbiylar shtabiga kelib qo'shilganiga guvoh bo'ldik. Yoshlar bilan ishlash xadisini olgan murabbiy, Andijonda ham o'rinbosarlar jamoasida faoliyat yurita boshladi. Qahramon Abduqodirovga yaqindan yordam berib kelayotgan Kovshovni endilikda bosh jamoaga murabbiy bo'lib o'tishi aytilmoqda. Murabbiylik faoliyati davomida oliy liga klublarida asosan ikkinchi murabbiy sifatida ishlagan Sergey Kovshovni aytish mumkinki, bugungi kunda “Andijon”dagi ichki muhitdan xabardor va u jamoadagi futbolchilarning imkoniyatini yaxshi biladi. Lekin Sergey Gennadevich xarakteri bilan hozirgi kundagi futbolchilarni “o'ynatib” yubora oladimi degan savol ko'ndalang turibdi? Bu mutaxassis “Andijon” yoshlar jamoasini boshqarib kelayotganini aytib o'tdik. Takidlash lozimki, yoshlar jamoasida o'sish ko'zga tashlanmayapti. Biror bir futbolchi asosiy tarkibga munosib nomzod sifatida porlab etishib chiqmayapti. Farhod Bekmurodov deysizmi? U o'tgan yili isbotlab qo'ygandi. SHaxsan bizga shunday tuyulmoqda.



Nozim Mullaoxunov maxalliy mutaxassislar orasida eng yaxshi nomzod
Birinchchi liga qatnashchisi “UzDongJu” jamoasini boshqarib kelayotgan mahalliy mutaxassis Nozim Mullaoxunovning faoliyatida keskin burilish bo'lishi kutilmoqda. Murabbiylik kasbini eng avvalo bolalar futbolidan boshlagan Mullaoxunov samarali faoliyati orqali ishqibozlarda iliq taassurot qoldirib kelgan. SHu bois bo'lsa kerak, 42 yoshli mutaxassisga Andijonning bosh jamoasi ishonib topshirilishi kutilmoqda. Lekin bungacha oliy ligada bosh murabbiy sifatida ishlab ko'rmagan murabbiyga juda qiyin bo'ladi. Mahalliy muxlislar yaxshi bilsa kerak, Mullaoxunov uchun “Andijon” begona emas. Sababi bu murabbiy oldin ham ushbu jamoani yoshlarini boshqargan va medallar uchun kurashadigan darajaga olib chiqqan. Qolaversa malum muddat Aleksandr Averyanovga ham yaqindan yordam berganini aytish lozim. Murabbiydan yangi jamoada eng avvalo futbolchilar bilan til topishib, ularni ruhiy o'radan olib chiqib keta olish talab etiladi. Qolaversa bizningcha tarkibda ham ayrim o'zgarishlarni amalga oshirish payti kelganga o'xshaydi. SHundagina Mullaoxunov viloyatning bosh jamoasini inqirozdan olib chiqib ketishi mumkin. Murabbiyning o'zi bilan gaplashganimizda, hozircha bu masala rasman aniq bo'lmaganini takidlab, biroz kutib turishimizni aytdi.


Dilshod Andaev Andijonga keladi

Muboraklik taniqli mutaxassis Dilshod Andaevning ham “Andijon”ga kelishi kutilmoqda. Ushbu mutaxassis ham huddi Mullaoxunov singari bungacha oliy ligada mustaqil ishlab ko'rmagan. Lekin Dilshod Boymurodovich shu kungacha ko'plab iqtidorli futbolchilarni tarbiyalab, ularni kashf etib berdi. Eldor SHomurodov, Otabek SHukurov, Xolmurod Xolmurodov, SHoxruh Dostonov, Durbek Kamolov singari futbolchilar shular jumlasidandir. Bu yil elitada bosh murabbiy sifatida debyutini o'tkazishga juda yaqin turgan Andaevda tajriba bor. Negaki u bungacha “Mashal”da bir nechta taniqli mutaxassislar yonida yurib, mahoratini oshirdi. Katta extimol bilan kelasi xafta Dilshod Andaev Andijonga keladi va klub rahbarlari bilan muzokara o'tkazadi.

“Andijon”ni qaysi murabbiy boshqarsa ham asosiysi jamoa o'z muxlislarini qolgan uchrashuvlarda quvontirishi shart. Negaki shunday ashaddiy ishqibozlarga ega bo'lgan jamoaning pastki o'rinlarda yurishi yarashmaydi.

Islombek Rustambekov.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика