Andijonlik futbolchi legionerga aylandi
22 apr 2022 14:41
Yangiliklar
Andijonlik futbolchi legionerga aylandi
Xorijda o'ynayotgan futbolchilarimiz soni yana bittaga ko'paydi.
Xitoy Taypeyning "Tainan Siti" jamoasi o'z safiga o'zbekistionlik himoyachi Ahrorbek O'ktamovni qo'shib oldi. 1996 yilda tug'ilgan futbolchi bunga qadar yurtimizda "Andijon", "UzDonJu", "SHo'rtan" "Istiqlol", "Rubin" va Tojikistonning "Istaravshan" klublarida to'p tepgandi.
"Tainan Siti" jamoasida O'ktamovdan tashqari rossiyalik Alim Zumakulov, gvineyalik Ismael Traore, koreyalik Sim Von Sub, ivuarlik Ange Samuel, braziliyalik Luan Anderson kabi legionerlar harakat qiladi.
Fikrlar