So’nggi yangiliklar

22:22"Нефтчи" уч нафар футболчи билан шартнома имзолади  2 22:10U-23. Ўзбекистон – Япония 0:2  1 21:55Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Япония U-23 Ўзбекистонни мағлуб этди ва турнир ғолибига айланди  62 20:56ПСЖ Доннарумма борасида "Челси", "Галатасарой" ва бошқа клублар таклифларини кўриб чиқишга тайёр  2 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  2 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  10 18:13АПЛ топ-клублари "Ал Ҳилол" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  2 17:36"Тоттенхэм" ва "Барселона" "Арсенал" ҳужумчисига қизиқмоқда  3 17:08"Вест Хэм" "Манчестер Юнайтед"дан япониялик дарвозабонни илиб кетмоқчи  4 16:40Де Лигт: "Манчестер Юнайтед" учун ўтган мавсум ўтмишда қолди"  0 16:13"Реал" Винисиус Жуниорга ўринбосар топди – АПЛ юлдузи устувор вариант  5 15:45Breaking! "Ливерпуль" Исак билан келишувга эришди  21 15:22ЦСКА ҳимоячиси: "Туркия чемпионати Файзуллаев учун ЖЧ олдидан трамплин бўлади"  9

Andijonlik futbol muxlislaridan ochiq maktub Yangiliklar

Andijonlik futbol muxlislaridan ochiq maktub

23 iyul kuni andijonlik futbol muxlislarini hayron qoldirgan mish-mishlar tarqala boshladi.

Viloyatning bosh jamoasida rahbar o'zgarishi to'g'risidagi xabar keyinroq rad qilingan bo'lsa-da, hanuz ishqibozlar xavotiri pasaygan emas. Atrofda "burgutlar" bosh direktori Ulug'bek Mirzaev istefoga chiqarilishi va uning kursisiga davogarlik qilayotganlar haqida gap-so'zlar aylanishda davom etyapti. Mabodo shunday bo'lsa, ehtimoliy o'zgarish jamoamizga qanday tasir qiladi? Bu savolga javob topish uchun o'z vaqtida Toshkentning "Bunyodkor" klubini boshqargan Mirzaev "Andijon"ga nima bera olganiga qaraylik.

1) Samarali selekciya. Yil boshida jamoamizga autsayder sifatida qaraganlar talaygina edi. Tarkibda jarangdor nomlar yo'qligi muxlislar ko'ngliga xavotir solgani ham rost. Biroq, mavsum boshlanishi bilan jamoa tuzishda nomlar emas, sifatga ahamiyat berilgani oydinlashib qoldi. XXI asrda ilk bor "Nasaf" maydonida g'alaba qozonilgach, hamma jamoamizdan qo'rqib qoldi. Rahbariyatning yangi topilmasi — "Oltin butsa" uchun kurashayotgan Rubin Xebay muxlislar yoqimtoyiga aylanib qoldi. Unga boshqa klublardan faol qiziqish bildirilyapti.

2) Ambiciya o'zgardi. O'zbekiston chempionatlari tarixiga nazar solsak, andijonlik ishqibozlar oxirgi marta 2010 yilgi mavsumni xotirijam o'tkazishgan ekan. O'shandan keyingi mavsumlarning hammasini jamoamiz autsayderlar zonasida elitadagi o'rnini saqlab qolish uchun kurash bilan o'tkazgan. Mirzaev qisqa muddat ichida ichki mentalitetni o'zgartirib, jangovar jamoa qura oldi. 13 yil deganda "burgutlar" turnir jadvalining birinchi qismidan muqim joy topishdi.

3) Maqsad qo'yildi. "Andijon" birinchi davrani top-6'likda yakunlaganini bilasiz. Bu klubimiz tarixida so'nggi 30 yilda qayd etilgan eng yaxshi natija hisoblanadi. Eng qizig'i, safarda "Nasaf" va "Olimpik" mag'lub qilinganida ham, "Metallurg" darvozasiga javobsiz 5ta gol urilganida ham futbolchilar maosh va mukofotlarini olmasdan o'ynashayotgan edi. Butun boshli jamoani bunday uzoq muddat pulsiz ushlab turish ham, ularga quruq gap bilan motivaciya berish ham oson emas. Lekin bu ish uddalandi. Endi esa rahbariyat o'z oldiga aniq maqsad qo'ygan. Tarkibni yanada kuchaytirib, ikkinchi davrada sovrinli o'rinlar uchun kurashmoqchi. Omad kelsa, jamoamiz tarixidagi eng yaxshi natija (5-o'rin) yangilanishi ham mumkin. 

Xullas, Mirzaev 4 oy ichida chaqilmas yong'oqqa o'xshaydigan jamoa tuzishni uddaladi. 13 yil deganda birinchi marta autsayderlar zonasidan ancha uzoqda yuribmiz. Ishlar endigina yurisha boshlaganida klubning yomon kunlarini pana-pastqamlarda o'tkazgan kishilar rahbarlik uchun davo qilyapti. Bugun ularga ishonish orqaga tashlanadigan qadam emasmi? O'zi umuman hammasi yaxshi ketayotgan joyda o'zgarish nega kerak? Ulug'bek kecha "Bunyodkor"da edi, bugun "Andijon" uchun ishlayapti. U ertaga ham ishsiz qolib ketmasligi aniq. Lekin "Andijon" jamoamiz yaxshi rahbar topa olmasa kerak.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика