So’nggi yangiliklar

12:30"Хоразм" ярим ҳимоячиси жамоадан кетди  1 12:08Расман: Ҳожимат Эркинов "Пахтакор"га қайтди  1 11:50"Атлетико" Аргентина терма жамоасининг яна бир вакилини харид қилмоқчи  0 11:21Флетчер "Манчестер Юнайтед" U-18 бош мураббийи этиб тайинланди  0 10:45"Андижон"нинг янги легионери: "Максим Шацких Украина футболи учун ҳақиқий афсонадир"  5 10:07Клублар ўртасидаги ЖЧ. Ким қанча ишлаб олди?  6 09:30Ўтган мавсумдаги Суперлиганинг "энг яхши ёш футболчиси" фаолиятини водий жамоасида давом эттиради  3 08:53Терма жамоамизнинг яна бир аъзосига Греция ва Ла Лига 2 жамоасидан қизиқиш бор  18 08:19"Реал" ўз тарбияланувчисининг қайтганини эълон қилди  8 07:47Терма жамоамизнинг яна бир аъзоси легионерга айланди. Унинг янги жамоасидаги рақами ҳам маълум  8 07:39Ўзбекистон МТЖ аъзоси Эрон чемпиони билан шартнома имзолайди  13 01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  17 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  7 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  3 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  1

Andijonda O'zbekiston - Vetnam uchrashuvi katta ekranda namoyish etiladi, viloyat hokimi ham keladi Yangiliklar

Andijonda O'zbekiston - Vetnam uchrashuvi katta ekranda namoyish etiladi, viloyat hokimi ham keladi

Malumki, 27 yanvar, shanba kuni Xitoy davlatida kechayotgan yoshlar o'rtasida Osiyo chempionatining final uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Unda U-23 yoshlar terma jamoamiz Vetnamga qarshi bahs olib boradi.

Mazkur final uchrashuvini yurtdoshlarimiz intizorlik bilan kutayotgani, shu bilan birga g'alaba qozonib, xalqimizga yanada xursandchilik ulashishini istayotgani hech kimga sir emas. Osiyo chempionligiga yaqin turgan O'zbekiston yoshlar terma jamoamizning o'yinini andijonlik futbol ishqibozlari uchun katta ekran orqali BEPUL namoyish etiladi. Andijon olimpiya zaxiralari kollejining yopiq manejida katta ekran orqali namoyish etiladigan final o'yinini, muxlislar bilan birga Andijon viloyati hokimi, Andijon viloyat Futbol Associaciyasi prezidenti, «Andijon» futbol klubi prezidenti Abdurahmonov SHuhratbek Qo'shaqboevichning shaxsan o'zi bevosita kuzatib borishni rejalashtirgan.
 
Vakillarimizning hal qiluvchi final bahsida qo'llab-quvvatlash va o'yinni katta ekran orqali kuzatib borishni xohlovchi muxlislarni, ertaga soat 12:00ga qadar Andijon olimpiya zaxiralari kollejining yopiq manejiga kelishlari so'raladi. O'yin oldidan xalqimiz suygan sanatkorlar o'z chiqishlari bilan muxlislarga xush kayfiyat ulashadi.

Reyting: +40   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика