Andijonda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari o'rtasida “O'FA Kubogi” musobaqalari final bosqichi o'tkaziladi
19 iyu 2018 15:11
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/436158_original.jpg)
![](/upload/storage/436158_220.jpg)
Andijonda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari o'rtasida “O'FA Kubogi” musobaqalari final bosqichi o'tkaziladi
19-21 iyun kunlari Andijon shahrida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari va harbiy xizmatchilar o'rtasida futbol bo'yicha O'zbekiston futbol associaciyasi Kubogi mazkur musobaqasining final bosqichi bo'lib o'tadi.
18 iyun kuni “SHo'rbuloq” futbol akademiyasida qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi. Tadbirda O'FAning respublika va viloyat mutasaddilari, jamoalar vakillari va OAV xodimlari ishtirok etdilar. Yig'ilish davomida musobaqaning o'tkazish tartibi va boshqa tashkiliy masalalar ko'rib chiqildi.
Futbol bahslari 19 va 21 iyun kunlari soat 19:00da Andijon shahridagi “Sog'lom avlod” stadionida bo'lib o'tadi.
Elmurod Ermatov
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar