So’nggi yangiliklar

23:09Фирмино ва Махрезнинг голлари туфайли "Ал Аҳли" йирик ғалабани тантана қилди  0 23:04Элит ОЧЛ. Остон Ўрунов жамоаси дурангга рози бўлди  4 23:00"Ал Ҳилол" - "Истиқлол"  2 22:42Эшитдик-да! "Пахтакор"нинг Эрон клубига қарши ўйини Тожикистонда ўтиши мумкин  2 22:13"Арсенал"ни тарк этаётган Эду Гаспар бирданига 3та клубни бошқаради ва маоши 3 баравар ошади  1 21:35"Ал-Райян" бош мураббийи: "Дастлабки турларда Саудия "гранд"ларига қарши ўйнадик. Икки жамоа учун ҳам очколар жуда-жуда зарур"  3 21:17Аморим "Манчестер Сити"га қарши баҳс ҳақида: "Агар "Спортинг" ютса кимлардир МЮга янги Фергюсон келяпти дейди"  2 19:52Бруну Фернандеш: "Тен Хагдан кечирим сўрадим"  4 19:211 ой олдин "Насаф"га мағлуб бўлган мураббий "Рома"да Шомуродовнинг янги устозига айланиши мумкин  6 18:52МЮ афсонаси: "Манчестер Юнайтед" - мутлақо ўртамиёна жамоа"  1 18:25Дербида кучлар тенг келди ГАЛЕРЕЯ  0 17:5619 ёшли тўпурар ва бошқалар — Суперлигада 23-турнинг энг яхшилари  3 17:30Эшитдик-да! "Металлург" ва "Қизилқум"га таъқиқ қўйилади, "Нефтчи" ва "Навбаҳор" ҳам жазоланиши мумкин  8 17:03Ўзбекистон МТЖнинг ноябрь ойидаги йиғин учун тахминий таркиби  57 16:30Ўзбекистон МТЖ қачон йиғин бошлайди?   11

Andijonda 8 kun. Balki Siz kutgan maqola... Yangiliklar

Andijonda 8 kun. Balki Siz kutgan maqola...

Vazirlar Mahkamasining qarori asosida tashkil etilgan hududiy akademiyalarning imtihon jarayonlarini shaffof o'tishini taminlash maqsadida O'FA tomonidan Andijonga safarbar etildim.

Toshkent shahar futbol Associaciyasida faoliyat boshlaganimga bir yilga yaqin vaqt bo'ldi. Aprel oyidan esa O'FAning bolalar futboli bo'limi rahbari sifatida faoliyatimni davom ettirayapman. Oldindan aytib qo'ysam, men faqat bolalar futboli bo'limida faoliyat olib borayapman va imkon qadar tizimni yaxshilashga harakat qilayapman, kommentlardagi boshqa gap so'zlar ortiqcha, PFLga meni zarracha aloqam yo'q! Keling, bolalar futboli va vodiy kelajagi haqidagi maqolamni boshqa mavzuga aralashtirmaymiz. Yana bir narsani shu erda takidlab o'tishni istardim-ki, men "CA"ni barcha ishlarimdan ustun qo'yaman va tanlash kerak bo'lsa uyimda qolaman!


SHO'RBULOQ AKADEMIYASI

Futbol internatlari akademiyaga aylantirilgach, struktura jihatidan eng kuchlisi va ish jarayoni to'g'ri yo'lga qo'yilganligi bo'yicha birinchi raqami bo'lgan tashkilot aynan SHo'rbuloqdagisi edi. Ishim ko'pligi uchun to'g'risi imtihonlarda qatnashishga vaqt yo'q edi. Oldimda juda katta musobaqa turibdi. Lekin, mening manzilim Andijon ekanligini aytishganida rozi bo'ldim. Boshqa viloyatlardan ko'ra bu erda imtihon jarayoni oson va shaffof kechishiga ishonardim. 8 kun davomida, 2007, 2006 va 2005  yillarda tavallud topgan futbolchilar turli chiqishlarda o'zlarini ko'rsatdilar. Har bir yosh toifasining ilk kunida ularni o'yin amaliyotida sinab ko'rdik, keyingi kunlar normativ testlar bilan davom etdi. Bu yil 2007 yilda tavallud topgan futbolchilar uchun ilk qabul bo'ldi. Qolgan avlod vakillari shundoq ham akademiyada talim olishardi. Qisqasi barchasi alo darajada yakuniga etdi. Ota-onalar ham xursand. Agar kimda-kimning farzandi 22 futbolchi qatoridan joy olmasa aslo hafa bo'lmasliklari, aksincha o'g'illarining bilimlariga katta etibor qilib, talim tomonidan mukammal bo'lib etishishlari uchun sharoit qilib berishlarini iltimos qildik. Aksar ota-onalar farzandlarini holatiga real baho bergan holda, ikkinchi kunga ham kelmaganlari bo'ldi. Bundaylarga alohida rahmat aytish kerak, hammada ham bunday jurat yo'q. 

SHu o'rinda imtihonlarni alo kayfiyatda o'tishiga sabab bo'lgan akademiya direktori Nasibullo aka va uning jamoasiga alohida rahmat aytgan bo'lardim.

"Milliy ART" va FUTBOL YULDUZLARI

"Million"ning sobiq vakili, bugunda "Milliy ART" jamoasiga asos solgan Otabek Xoldorov bilan tanishib qoldim. Andijonga, oilasi oldiga kelgan ekan. Suhbat uzoq davom etdi. CHoyxonada... CHoyxona yomon joy emas, menimcha bizga mumkin. Agar choyxona yomon joy bo'lganida allaqachonlari yopilib ketgan bo'lardi... Saytimizni doimiy o'quvchisi ekan, "Million"dagi Mirkomil aka (dolbi, dolbi... Fish, fish net...) men haqimda ancha gapirgan ekan. Mirkomil akam bilan "Yoshlar" radiokanalida birga tajriba to'plagan edik. Ustozlarimiz qatorida Norbek Niyozov va Kamoliddin Alimovni shu erda eslab ketsam. Keyinchalik "Paxtakor"da ishladik. Mirzahakim aka qo'l ostida. Qqishda mendan katta kursda o'qir edilar. Qisqasi, Otabek Bo'zdan ekan, dadasi ancha yil mahalliy Bo'SMda direktor bo'lgan, futbol murabbiyi. Gavdasiga qaramay, o'zi yaxshi to'p tepadi. Bizdan, Bo'zda bolalar futbolini rivojlantirish borasida yordam so'radi, Bekzod Karimov do'stimiz (Andijon VA 1-Vice-Prezidenti) bilan o'sha erni o'zida bir taklifni o'rtaga tashladik. FIFA kunlaridan birida "Barkamol Avlod" stadionida mahalliy hokimiyat bilan shou tashkil etamiz. Unda Otabekning do'stlari, Baxtiyor Hamidullaev do'stlariga qarshi to'p tepadilar. CHiptalar savdosidan tushgan mablag'ga BO'SMdagi futbol maktabiga suniy maydon quramiz. Yaxshi taklif, Otabek qo'shiqchi do'stlarini olib kelishi va "Milliy ART"ning yangi koncert dasturini namoyish etib berishini aytib o'tdi. 

Ertasi kuni erinmay Bo'zga bordim. Otabekning dadasi bilan ko'rishdim, bo'zliklar bundan xabar topdi, barcha xursand. Endi puxta reja tuzishimiz kerak. SHouda qatnasha olmasada, qolgan futbolchilarimiz ham (imkoniyatidan kelib chiqib) tadbirga o'z hissalarini qo'shadilar degan umitdaman. Ishimiz o'xshasa bu loyihani Respublika bo'yicha ishga tushiramiz.

"ISTIQLOL" - "ANDIJON". O'YIN QANI?

O'z maydonida "Mashal"ni yutib peshqadam bo'lib olgan andijonliklar uchun "Istiqlol" bilan o'yin juda muhim edi. Avvalo vodiy derbisi, keyin yakka peshqadam bo'lib olish uchun juda yaxshi imkoniyat. Boisi "Surxon" o'z maydonida "SHo'rtan"ga imkoniyatni boy bergandi. Bahs esa soat 18:00ga qo'yildi. Bu juda yomon edi. havo issiq, to'p tepish imkoniyati yo'q. Kamiga ikkinchi bo'limda projektorlar yarim kuchda yoqildi. 1:0 hisobida Timur Sultonovning goli evaziga "Istiqlol" g'alaba qozondi. Bu golni videosini topib ko'rish kerak. Huddi Roberto Karlosni Franciyaga urgan asr goliga o'xshab ketdi. Faqat to'p yo'nalishi chetga emas, darvoza markaziga yo'naltirilgan edi. Ortiqov to'pni qaytaraman deb poziciya bo'yicha harakat qilib sakragan edi, to'p birdaniga o'z yo'nalishini 1 metrlar chamasiga o'zgartirdi, menimcha bu gol Sultonovning faoliyatidagi eng chiroylisi bo'ldi. Lekin ming afsuski, o'yinni ko'rib shunga amin bo'ldimki, PRO Liganing saviyasi ancha tushib ketgan. O'yinda mazmun yo'q, na taktika, na to'g'ri paslar. Atayin sanadim, ikki jamoa ham 4-5ta pas bilan oldinga bora olmadi. SHundoq ham mag'lubiyatga uchrayotgan "Andijon" sardori Ibrohim Otaxonovni xatti-harakatlari ham klub uchun qimmatga tushdi. Uchrashuv so'nggida "Andijon" muxlislarining alamli tanqidlarida asos bor edi.


HOKIM

Sizga rahmat, SHuhratbek Qo'shaqbaevich! Ayni paytda "Andijon" klubining moliyaviy holati bo'yicha hech qanday muammo yo'q. Men minnatdorchilikni "Andijon" klubi uchun aytmayapman. hokimning tashabbusi bilan Andijondagi 800dan ortiq mahallalarni birlashtirgan "Hokim Kubogi" futbol musobaqasi davom etayapti. Superpriz ham dahshat, yutgan mahalla uchun suniy maydon qurib beriladi. Bunaqasini biron viloyatda ko'rmaganmiz. Ikkinchi ligani rivojlantirish yo'lida ham ancha ishlar qilinganligini ko'rdim. Bu yil 18ta jamoa faoliyat olib borayapti. Qo'shaqboevich agar "Andijon" Superligaga qaytadigan bo'lsa, PRO Ligada yana bitta jamoa ushlab turishini aytibdi, barchasi mahalliy bolalar uchun. Hokim buvaning sportga bo'lgan munosabati alo darajada, faqat bundan mahalliy mutasaddilar foydalanib qolishi kerak. Kuni kecha AFAning binosini qurish uchun yangi er ajratildi, viloyat o'zi moliyalashtirar ekan. Bu ham bolalar futboli ravnaqai yo'lida qo'yilgan olg'a qadamlardan biri deb bilaman. Bugungi kunda Namangan va Andijon viloyati hokimlarining futbol ravnaqi yo'lida qilayotgan ishlarini barchamiz olqishlaymiz (hokim bilan bir marotaba bo'lsada ko'rishmaganman, paxta emas bu). Endi Samarqandda ham avvalgi futbolni ko'rsak ajablanmayman. "Qizilqum" va "Surxon"ni tiklagan Erkinjon Turdimov "Dinamo"ni albatta avvalgi mavqeini tiklaydi.


O'FADAN AFAGA SOVG'A

FIFA loyihasi asosida o'FA Andijon viloyati FAsiga bepul suniny maydon qurib berayapti. Umid Ahmatdjanovning tashabbusi bilan viloyat associaciyasi maydonga ega bo'layapti. Albatta endi bu erda musobaqalar o'tkazish imkoniyati oshadi. FIFA tomonidan o'tkazilgan tenderda turkiyaliklar g'alaba qozongan ekanlar. Maydon bugun erta bitib qolishi kerak. Yaqinda bu erda O'FA tomonidan avgust oyida o'tkazilayotgan "Mustaqillik oyligi" dasturi asosida, 2008 yilda tavallud topgan futbolchilar o'rtasidagi musobaqa bilan kichik arenaning ochilish marosimi bo'lib o'tadi.


SHIRMONBULOQDAGI "MAHALLA YUNAYTED"

Do'stim bor, Universitetda birga o'qiganmiz. SHirmonbuloqdan. 1985 yil. 17 yoshida Andijondagi "Yunost" jamoasi safida "Navbahor" bilan o'yinda Vadim Kotelnikov degan futbolchi bilan to'qnashuvda qattiq jarohat oladi. U paytlar singan, sinib ketgan. hozir ham 4-5ta klubni aytmasa, jarohat olgan futbolchi hech kimga kerak emas. Ayni paytda Boks federaciyasida matbuot kotibi, asfalt maydonda ham qaysi uslubida gollar urardi. Qishlog'iga olib ketdi, mehmondorchilik. Lol qoldim, shirmonbuloq suvlarini ko'rib. Asma kasalligiga davo joylar mavjud ekan. Eng qizig'i oldinda edi. Meni mahalladagi suniy maydonga taklif etdi. 10 000 nafardan ziyod aholisi bor qishloq mahallalari o'rtasida har payshanba tur o'yini bo'lib o'tadigan chempionat bor ekan. Biri 30 yoshgacha, ikkinchisi 30 yoshdan tepa bo'lgan mahalla havaskorlari o'rtasida. To'g'risi, u erdagi o'yin "Istiqlol" - "Andijon" uchrashuvidan ming chandon qiziq edi. Haqiqiy futbol, texnika, tabiiy jismoniy tayyorgarlik. Andijondan "Kamolot" jamoasi tashrif buyurib, shu kuni SHirmonbuloq yoshlar terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi. U erda bitta gol urildi-ki, uni Superligada ham ko'rmaysiz. Malumot uchun ichmayman, maqola "kayf"da yozilmayapti :) . Hokim kubogida ham asosiy davogarlardan biri aynan Buloqboshi tumani vakillari ekan. Hasanboy Do'stmatov ham o'sha tomonlardan. SHouda u ham albatta o'ynaydi deyishayapti. 




IZBOSKANDA ODIL AHMEDOV FUTBOL KLUBI OCHILISH ARAFASIDA

Mana uch yildirki Odil bilan faqat bir mavzuda gaplashamiz. Qanday qilib Vodiy futbolini tiklasak bo'ladi? Kattalarga aralashmaymiz. Hamma gap 2-ligagacha bo'lgan bosqichda. Niyatimiz xolis, bir kun albatta maqsadga erishamiz. Vodiyni ko'p kezdim, ko'p murabbiylarni taniyman. Musobaqalarimda ham asosan ular ishtirok etadilar. 

"Odil Junior" loyihasi ish boshlaganida narxlar biroz qimmat edi. Keyin homiylikni Odilni o'zi olgach, ishimizdagi sifat tubdan o'zgardi. Narxlar ham el qatori. Yaxshilar bepul. Izboskandagi bir tadbirkor tumanda futbolni rivojlantirish bo'yicha o'z dasturini aytib o'tdi. Agar badaldan foyda topish uchun boshlaydigan bo'lsalar, unda qilmagan maqulligini aytib o'tdim. Lekin maqsad pul emas, futbolni rivojlantirish ekanligini takidlashdi. 200 000 aholi yashaydigan tumandan albatta Odil Ahmedovni kashf etishimizga ishonaman. Yaqin kunlar ichida Izboskanda ham zamonaviy futbol klubi faoliyat boshlaydi. Zamonaviy deganda men, to'g'ri metodikani tushunaman. 


ANDIJONLIKLAR, RAHMAT! ENDI "QO'QON-1912" - "PAXTAKOR" o'YINIGA!

8 kunlik faoliyatimni bir sahifaga sig'dira olmayman. Kechagi kun yakuniga etgach, odatdagidek kechki ovqatga bordik. Bu safar safimizga andijonlik mashhur jurnalist Elmurod aka (Ermatov) ham qo'shildilar. Saytimizdagi "Albars" akani esladik. Elmurod aka bilan suhbatlashgan kishi zerikmaydi. Istagan mavzuingizda suhbatlasha oladilar. Hozir "Kun.uz"ning eng muhim kadrlaridan biri. Farg'onaga tashrif buyurgan yana bir muhbir Alisher bilan ham tanishdik, yosh va shijoatli.

Andijondagi qabul jarayonida ishtirok etgan barcha akademiya xodimlariga o'z rahmatimni aytib qolaman. Ayniqsa dasyor Dilyorbek, sobiq hakam Rustam aka. Murabbiylarning barchasi, tarbiyachilarga ham. Akademiyaga kiradigan barcha bolalar ishonchli qo'llarda ekanligiga ishonchim komil. Endi "chemodan"larni yig'ishtirib, qaydasa Qo'qon deb yo'lga chiqsam. Bugun Superliganing, super o'yini. Ikki jamoa uchun ham hayot va mamot jangi. Uchrashuvni esa, odatimga xilof ravishda muxlislar sektorida tomosha qilaman. 2017 yil "Neftchi" - "Nabvahor" o'yinini fan klub bilan tomosha qilib rosa mazza qilgan edim. 


O'zi anchadan beri maqola yozmay, sog'inib ham qolibman! Mehr oqibatimiz yo'qolmasin. Saytda registraciya yopilib, kommentlarning ham sifati yaxshilanib qoldi, bor bo'ling o'quvchi!

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика