"Andijon"da 7 nafar yangi futbolchi ko'rikdan o'tmoqda
21 iyu 2021 14:14
Yangiliklar
"Andijon"da 7 nafar yangi futbolchi ko'rikdan o'tmoqda
"Andijon" safiga ko'rik uchun bir qancha futbolchilar kelib qo'shildi.
Xabaringiz bor "Andijon" kechadan boshlab Toshkentda yig'in boshladi. Ushbu yig'inda jamoa safiga ko'rikdan o'tish uchun quyidagi futbolchilar qo'shilgan:
Darvozabonlar:
Eldor Adhamov - "Qo'qon-1912"
Mamur Ikromov - "Xo'jand" (Tojikiston)
Akobir Qayumov - "Bunyodkor"
Himoyachilar:
Xurshid Ubaydullaev - "Bunyodkor"
SHoxruh Holmatov - "Nurafshon" (Buxoro)
Sardor Xursandov - "Turon"
Hujumchi:
Alfayzi Nematov - "Bunyodkor"
Ertaga jamoa safiga bir qator tajribali futbolchilar kelib qo'shilishi kutilmoqda. Bu haqida batafsil ushbu rasmiy ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz orqali xabar beramiz.
Fikrlar