So’nggi yangiliklar

12:22Бразилияда ғавғо: "Фламенго" юлдузи пул тикканликда айбланиб дисквалификация қилинди  1 11:54Дональд Трамп Ўзбекистон МТЖга ЖЧда омад ёр бўлишини тилади  2 11:27Кечаги учрашувдан сўнг Жоэль Кожо ўз фикрларини билдириб ўтди  8 10:59ПСЖ бош мураббийи жиддий жароҳат олди  1 10:32Бугун U-23 ва U-17 терма жамоаларимиз ўйнайди  7 10:02"Реал"нинг икки нафар футболчисига Туркиядан таклиф бор  0 09:31Европанинг ТОП клублари қизиққан футболчи фаолиятини Саудия жамоасида давом эттиради  1 09:00"Олтин тўп"га асосий даъвогар футболчи жароҳат олди  3 08:32Яна бир терма жамоа ЖЧ йўлланмасини қўлга киритди  5 08:03Валерий Кичин: "Ҳалол ўйин бўлишини истардим"  41 07:36Ўзбекистон Қирғиз Республикасига ҳеч қандай имконият қолдирмаган учрашувдан ФОТОГАЛEРEЯ  4 02:00Месси фаолияти ҳақида: "Бунинг якуни яқинлашиб келмоқда"  4 01:45ЖЧ-2026 саралаши. Гаттузонинг дебютида Италиядан йирик, Франциядан ишончли ғалаба ва бошқа натижалар  3 01:19ОКМК назорат ўйинида Про-лига жамоасини икки марта мағлуб қила олмади  0 00:58Урмат Абдукаимов: "Ҳакамларнинг қарорлари футболчиларнинг фаолиятига катта таъсир ўтказади. Ҳакамлар ҳам шуни билиши ва ҳис қилиши керак"  10

Andijon viloyati hokimi klub vakillari bilan uchrashdi Yangiliklar

Andijon viloyati hokimi klub vakillari bilan uchrashdi

Teglar :  Andijon
Kecha Andijonda, kasaba uyushmalarining anjumanlar zalida viloyat hokimi yig'ilish o'tkazdi.
Unda Andijon jamoasi rahbariyati, murabbiylar shtabi, futbolchilar, UzDongJu jamoasi vakillari va viloyatdagi futbolga ixtisoslashtirilgan maktab internati rahbari, murabbiylar, yosh o'smir futbolchilar hamda ishqibozlar klubi faollari ishtirok etdi. Bundan ko'zlangan maqsad, ortda qolgan 2016 yilda yo'l qo'yilgan xatolar, Andijon jamoasining oliy ligani tark etgani umuman klubning qoniqarsiz natijasi haqida so'z bordi. Endilikda ushbu yo'l qo'yilgan xatolarni boshqa takrorlamaslikka, viloyat futboli infratuzilmasini yanada mustahkamlash uchun jiddiy ish olib borish kerakligi, belgilangan yillik byudjetdan to'g'ri va aniq dastur asosida foydalanish to'g'risida Andijon viloyati hokimi SHuhratbek Abdurahmonov qattik kuyunib gapirdi.

2017 yilda Andijon jamoasini kuchlilar safiga qaytishi nihoyatda muhim ekanligi ham takidlab o'tildi. SHuningdek viloyat hokimi yig'ilishda bolalar futbolida mustahkam poydevor qurish, mahalliy futbolchilar bilan ko'p yillik shartnomalar imzolash, ular uchun har tomonlama qulay sharoitlarni yaratib borish, kelgusida Andijon jamoasi uchun zamonaviy tarzda qarorgoh barpo etish va bu ustida yaqin orada qurilish loyihasini ishlab chiqish lozimligini tegishli masul hodimlarga vazifa qilib belgilab berdi.



Yig'ilishda viloyat futbol federaciyasi birinchi vice-prezidenti Azizbek Sulaymonov, Andijon FK vice-prezidenti Jahongir Madixonov ham so'z olib o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Qolaversa Futbolga ixtisoslashtirilgan maktab internati tarbiyalanuvchilari nomidan Abduvohid ismli iqtidorli futbolchi ham berilgan imkoniyatdan foydalanib so'zga chiqar ekan, 2016 yilda bir nechta musobaqalarda g'oliblik nashidasini surishgani, kelgusida eng asosiysi Andijon va UzDongJu jamoasi uchun munosib professional futbolchi bo'lib etishishiga vada berib, buning uchun mashg'ulotda o'z ustilarida jiddiy ishlashlarini aytib o'tdi.



Ishqibozlar faollari nomidan Nodirbek To'ychiev ham so'zga chiqib, viloyat hokimiga futbolga qaratayotgan etibori va ko'rsatayotgan amaliy yordami uchun muxlislar nomidan minnatdorchilik bildirgan xolda jamoani har qanday xolatda qizg'in qo'llab-quvvatlashlarini aytib, klub rivoji yo'lida o'z takliflarini bildirib o'tdi.
Viloyat hokimi endilikda haftaning malum bir kunida futbol sohasida faoliyat yuritayotgan vakillar bilan uchrashuv tashkil etish borasida taklif kiritib, qishloq va tumanlarda  ommaviy futbolni rivojlantirish, yoshlar ishtirokida turli hil musobaqalarni tashkil etish borasida ham takliflarni o'rtaga tashladi.
SHu tariqa ishchan va samimiy ruhda kechgan yig'ilish o'z yakuniga etdi.
Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика