So’nggi yangiliklar

14:22"Ливерпуль" 120 млн евролик иккинчи трансферини тайёрламоқда  0 13:56Майк Меньян АПЛ гранди сафига ўтишга яқин  1 13:25Ўзбекистон ЖЧда! Қувончли лаҳзалардан ФОТОГАЛЕРЕЯ  9 13:02Жоау Феликс собиқ клубига қайтмоқчи  1 12:30Ўзбекистон – Қатар ўйинини хитойлик ҳакамлар бошқариб боради  18 12:02ПСЖ "Бавария"дан 50 млн еврога ўйинчи харид қилиши мумкин  0 11:25Роналдуга КЖЧ иштирокчиси сафига ўтиш таклиф қилинди  13 11:00“Фенербахче“ ТОП трансфер амалга ошириши мумкин  1 10:35“Арсенал“ дунёнинг энг қиммат дарвозабонини сотиб олишга яқин  0 10:13БМБ иккита легионери билан хайрлашди  0 09:48Неймар коронавирус юқтириб олди  6 09:22Олимпия терма жамоамиз Қирғиз Республикасига қарши ўртоқлик учрашувида майдонга тушади  8 08:53Қатар терма жамоаси бугун Тошкентга келади  20 08:26Нодир Элибоев БМБ мураббийлигидан кетди, унинг ўрнига футзалимиз афсоналаридан бири бош мураббий бўлди  2 08:00Назорат учрашуви. “Нефтчи“ “Нефтчи“ билан дуранг ўйнади  4

Andijon - Surxon bahsini Ravshan Ermatov boshqaradi! Yangiliklar

Andijon - Surxon bahsini Ravshan Ermatov boshqaradi!

Xabaringiz bo'lsa kerak, 3 sentyabr kuni birinchi liga musobaqasining 23-tur uchrashuvlari bo'lib o'tadi.

Turning markaziy o'yini Andijon shahridagi Sog'lom avlod stadionida bo'lib o'tadi.
SHu kuni sevimli Andijon jamoamiz Termizning Surxon jamoasini qabul qiladi. Mazkur muhim o'yinni FIFA referisi Ravshan Ermatov boshqarib boradigan bo'ldi.
Unga qanotlarda doimiy yordamchilari bo'lmish - Abduhamidullo Rasulov bilan Jahongir Saidov assisentlik qiladi. Hakamlar nazoratchisi etib toshkentlik Marat Ismoilov tayinlandi. Yodingizda bo'lsa kerak, bu Ravshan Ermatovning joriy mavsumda birinchi ligadagi ikkinchi o'yini bo'ladi. Sababi Osiyoning besh karra "Eng yaxshi hakami" 3-turda "NBU-Osiyo" - "Zomin" (1:3) bahsini ham boshqargandi.

Malumot uchun, Andijon - Surxon uchrashuvi 3 sentyabr kuni soat 17:00 da boshlanadi. Barcha ishqibozlarni sevimli jamoamizni qo'llab-quvvatlash uchun Sog'lom avlod stadioniga chorlab qolamiz.



Andijon matbuot xizmati.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика