So’nggi yangiliklar

09:55Жоау Феликснинг "Ал Насср"даги маоши маълум  1 09:28"Пахтакор" ҳимоячиси фаолиятини "Динамо" ёки "Сўғдиёна"да давом эттириши мумкин  1 09:01Абдуқодир Ҳусанов янги мавсумга тайёргарлик кўриш учун "Манчестер Сити" ихтиёрига қайтди  4 08:34"Сурхон" ва "Андижон" ўзаро футболчи алишишди. Шунингдек, "бургутлар" "шерлар"дан футболчи ижарага олади  1 08:05"Шўртан" яна бир собиқ "Олимпик" футболчиси билан шартнома имзолади  0 07:39Ўзбекистон МТЖ аъзоси "Пахтакор" билан шартнома имзолади  8 00:48Виктор Гёкерешни яхшигина пулга сотган "Спортинг" 25 млн. еврога Луис Суаресни сотиб олди  4 00:27Равшан Эрматов: "Ўртоқлик ўйинлари ҳақида бир тўхтамга келганимиздан сўнг хабар берамиз"  12 00:10Уче Бриансео Нвадике: "Осиё кубоги саралаш босқичида нималарга қодир эканлигимизни кўрсатамиз"  0 23:44Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Индивидуал совринлар кимларга насиб этди?  1 23:26Тимур Кападзе: "Аргентина ва Уругвай билан ўйин... Бу маълумот ҳақиқатга яқин"  22 23:00"Бавария" Риберининг учинчи ўринбосари учун 75 млн евро сарфлади. Бу сафар натижа қандай бўларкин?  6 22:53Тер Стеген ва "Барселона" ўртасидаги муносабатлар таранглашганми?  1 22:22"Нефтчи" уч нафар футболчи билан шартнома имзолади  2 22:10U-23. Ўзбекистон – Япония 0:2  5

“Andijon” Superliga debyutanti bilan durang o'ynadi Yangiliklar

“Andijon” Superliga debyutanti bilan durang o'ynadi

Teglar :  Mashal Andijon
Toshkent shahrida yangi mavsumga astoydil tayyorgarlik ko'rayotgan andijonliklar seshanba kuni navbatdagi sinov-nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.

“Burgutlar”ning navbatdagi sparring raqibi Superliga debyutanti Muborakning “Mashal” jamoasi bo'ldi.

"Andijon” bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov shu kuni quyidagi tarkibdan foydalandi: Aslanbek Ahrorov, Xushnud Avilov, Dmitro Zozulya, Jon Les Leon, Azamat Isroilov, Qahramon Bahodirov, Jahongir Ahmadov, Farhod Bekmuratov, Muhammad Yuldashev, Siroj Meliev, Timur Usmonov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Artyom Litvyakov, Usmonali Ismonaliev, Abdullox Olimov, Doniyor Abdumannopov, Nodir Mavlonov, Baxtiyor Qosimov, Jaloliddin Jumaboev.

Gollarga boy bo'lgan uchrashuvda tomonlar 2:2 hisobida durangga erishdi. Andijonliklarning gollariga Timur Usmonov bilan Artyom Litvyakov (penaltidan) mualliflik qildi.

Jamoa safiga xuquqiy jihatdan “Paxtakor” jamoasiga tegishli bo'lgan Jahongir Ahmadov bilan “Lokomotiv”ning 20 yoshli himoyachisi Jaloliddin Jumaboev kelib qo'shildi. SHuningdek markaziy himoyani kuchaytirish maqsadida murabbiylar afrikalik Jon Les Leonni ko'rikdan o'tkazish uchun taklif etgan.

“Mashal”ga qarshi uchrashuvda Farhod Mirahmatov bilan Jamshid Hasanov betob bo'lgani sababli ishtirok eta olmagan.

Jamoa safini darvozabon Ruslan Matniyazov bilan yarim himoyachi Sardor Azimov tark etdi. Matniyazov “Qizilqum” bilan kelishuvga erishgan bo'lsa, xuquqiy jihatdan “Bunyodkor” azosi bo'lgan Sardor Azimov “Qo'qon-1912” yig'iniga borib qo'shilgan.

Andijonliklar 15 fevral kuni yana bir sinov-nazorat uchrashuvini o'tkazishni rejalashtirgan.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика