So’nggi yangiliklar

08:08Эральдо Чинарига асосий даъвогар Ўзбекистон жамоаси маълум  0 07:35ПСЖ собиқ футболчиси Остон Ўрунов жамоадошига айланди  1 01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  4 01:19"Ювентус" собиқ футболчисини ортга қайтаришни истайди  1 00:55Маунт: "МЮ еврокубокларга қайтиши керак"  0 00:37"Челси" Стерлингни сотишни истайди, бироқ бир муаммо бор  0 00:14"Ньюкасл" Исакни сотмоқчи эмас  1 23:21Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  1 22:48"Хоразм" "Андижон" ҳимоячисини таркибига қўшиб олди  0 22:31Виктор Гёкереш Лондонга етиб борди  0 22:11"Сўғдиёна" ва "Шўртан" ўртоқлик учрашувида жанговар дуранг қайд этди  0 21:59"Мираброр Усмонов хотира турнири". Саудия Арабистони иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  1 21:26"Хоразм" Аббос Отахоновни таркибига қўшиб олди  2 20:51Диёр Ортиқбоев: "Япониянинг бугунги ўйини бизга қизиқ эмас"  3 20:34Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Витебск"ни мағлубиятга учратди  2

Andijon shahar olimpiya va milliy sport turlari bo'yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati 2022-2023 o'quv yili uchun qabul elon qiladi Yangiliklar

Andijon shahar olimpiya va milliy sport turlari bo'yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati 2022-2023 o'quv yili uchun qabul elon qiladi

O'zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish tizimidagi Andijon shahar Olimpiya va milliy sport turlari bo'yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga 2022-2023 o'quv yili uchun hujjatlar qabuli 11 iyuldan 6 avgustga qadar amalga oshiriladi.

Maktab-internatiga qanday hujjatlar qabul etiladi?


- Direktor nomiga ariza,

- Tug'ilganlik haqida guvohnoma nusxasi,

- 3,5x4,5 hajmdagi 8 dona fotosurat,

- Baholar tabeli nusxasi,

- O'quvchining sport pasporti nusxasi (agar mavjud bo'lsa),

- Tibbiy malumotnoma (F-0,86-U , F-0,26-U), umurtqa rentgen tasviri,

- O'quvchining sport musobaqalarida erishgan natijalarini tasdiqlovchi hujjatlar (agar mavjud bo'lsa),

- Maktab direktori yoki psixolog va sinf rahbari tomonidan berilgan tavsifnoma kerak bo'ladi.


Maktab-internatiga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?


- 5-sinfga:

-  Boks - Og'ir atletika

- Engil atletika

- Gandbol sport bo'limlariga o'quvchilar qabul qilinadi.

Maktab-internatida sport yo'nalishidagi maxsus fanlar bilan bir qatorda barcha umumtalim fanlari ham to'liq o'tiladi. Maktab-internatida 4 mahal ovqat va uzoq masofadan kelgan o'quvchilar yotoqxona bilan taminlanadi.

SHoshiling! Kvotalar chegaralangan, farzandingizni jismonan sog'lom, har tomonlama etuk va barkamol o'sib ulg'ayishida o'z hissangizni qo'shing


Manzil: Andijon shahar, 3-kichik daha, Xalqlar do'stligi stadioni

Malumot uchun telefonlar : +99890-140-31-31 +99890-253-54-95 (qabul hayati).

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика