So’nggi yangiliklar

19:51"Манчестер Сити" - "Видад Касабланка". Таркиблар маълум  5 19:30Ўзбекистон Кубоги. "Қўқон-1912" – "Бунёдкор", "Шўртан" – "Арал"  0 19:28Ичкарида ким ўтирибди? Ўқитувчилар? Чиқар ҳаммасини ташқарига!   1 19:22"Арсенал" Родриго билан боғланди. "Реал" вингер учун 90 миллион евро сўраяпти  1 18:4059 ёшли дунёнинг энг кекса профессионал футболчиси билан интервью: "Ўзимга чеклов қўймайман"  0 18:03Капелло: "Бу Италия терма жамоасида "дух" йўқ"  1 17:33Расман: Жоан Гарсия - "Барселона" футболчиси  11 17:04Афғонистон Россияга ўртоқлик учрашуви ўтказишни таклиф қилди  6 16:32Қасим-Жомарт Тоқаев Шавкат Мирзиёевни миллий жамоа жаҳон чемпионатига чиққани билан табриклади  4 16:15Эрон билан можаро туфайли легионерлар Исроил клубларини ортиқча шартларсиз тарк этиши мумкин  6 15:55Жоан Гарсия "Барселона"га ўтиш учун ўз шартномасини сотиб олди  2 15:18Клублар ўртасидаги ЖЧ учрашувига уч минг мухлис келди. Бу турнирдаги энг ёмон натижа  5 15:12ВАР ва АВАР ҳакамлари учун ФИФА семинари бўлиб ўтади  1 14:57"Манчестер Сити"га янги сардор тайинланди  4 14:21Ўзбекистон Кубогидан ўрин олган “Бухоро” — ОКМК учрашувини бошқарадиган ҳакамлар номи маълум бўлди  1

“Andijon”: Sakkiz futbolchi ketdi, Rahmatullaev, Smolyachenko, Obod Jo'raboev va Dilshod Jo'raev keldi Yangiliklar

“Andijon”: Sakkiz futbolchi ketdi, Rahmatullaev, Smolyachenko, Obod Jo'raboev va Dilshod Jo'raev keldi

Teglar :  Andijon
Davralar oralig'idagi yuzaga kelgan qisqa tatildan jamoamiz ikkinchi davraga puxta tayyorgarlik ko'rishga xarakat qilmoqda.

Asosiy tarkib azolari ayni damda CHirchiq shahrida yig'in o'tkazmoqda. “Kimyogar” stadioni yaqinida joylashgan “Zerom” mehmonxonasi “burgutlar”ning vaqtinchalik qarorgoh vazifasini o'tab bermoqda. Mashg'ulotlar Orif Mamatkazin boshchiligida o'tkazilmoqda. Unga Vitaliy Legay bilan Server Esetov yaqindan yordam bermoqda. Kuniga ikki mahaldan shug'ullanayotganligini ham qo'shimcha qilish lozim. Jismoniy va taktik yo'nalishlar bo'yicha mashg'ulot o'tkazilmoqda.
Ertaga ushbu yig'in doirasidan o'rin olgan ilk sinov-nazorat uchrashuvi o'tkazaladi. “Bunyodkor” yoshlar jamoasi bu borada sparring-raqib vazifasini o'tab beradi.

Tarkibdagi o'zgarishlar ayni damda muxlislarning diqqat markazida turibdi desak mubolag'a bo'lmaydi. SHu bois birinchi davrani jamoamizda o'tkazgan Nodir Ashurmatov, Tursunboy Husanov, Abdumalik Abdullaev, Otabek Valijonov, G'ulom O'runov, Alisher SHog'ulomov  kabi o'yinchilarning jamoadan ketganligini aytish o'tish joizdir. SHuningdek tajribali hujumchilar Nemanya Yovanovich bilan Anvar Berdiev ham ayni damda “Andijon” mashg'ulotlarida ishtirok eta olmayapti.   

Tarkibga esa “Navbahor”dan himoyachi Obid Jo'raboev bilan yarim himoyachi Alibobo Rahmatullaev kelib qo'shildi. SHuningdek so'nggi paytlarda “Buxoro” uchun o'ynab kelayotgan Pavel Smolyachenko ham ayni damda “burgutlar”ning o'quv-yig'in mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda. Birinchi davrani “Olmaliq”da o'tkazgan markaziy yarim himoyachi Dilshod Jo'raev ham kuni-kecha CHirchiqdagi yig'inga kelib qo'shildi.

Ulardan tashqari xorijlik futbolchilar ham yig'inga taklif etilgan. Moldaviyalik legionerlar ko'rikdan muvaffaqiyatli o'ta olsa, ikkinchi davrani “Andijon”da o'tkazadi.

Ayni damda tarkibni kuchaytirish uchun yana bir qator futbolchilar bilan muzokara olib borilayotganini aytib o'tish lozim. Eslatib o'tamiz, “Andijon”ning CHirchiqdagi yig'ini 25 iyulga qadar davom etadi.

Yoshlar jamoamiz ham Andijonda yig'in o'tkazmoqda. Murabbiy Yodgor Xurxonov ayrim sabablarga ko'ra, endilikda jamoada ishlamaydigan bo'ldi. SHu bois hozir mashg'ulotlar Rasul Rahmonov boshchiligida o'tkazilmoqda. O'ttiz nafar futbolchi mashg'ulotlarda astoydil ter to'kmoqda. Tabiiyki tarkibda yangi o'yinchilar ham bor. Mashg'ulotlar hozircha Oltinko'l tumanidagi “Markaziy” stadionda kuniga bir mahaldan o'tkazilmoqda. Keyingi haftadan boshlab, futbolchilar kuniga ikki mahaldan shug'ullanadi. Yoshlar jamoamiz ham yaqin orada nazorat uchrashuvida maydonga tushishni rejalashtirgan.

Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика