So’nggi yangiliklar

22:52Ўртоқлик ўйини. "Динамо" Қирғизистон клубини яна бир марта мағлуб этди  3 22:20Интервью. Шавкат Саидов: "Яна янгиликларимиз бор"  1 21:50Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон футзал термаси Тожикистонни мағлубиятга учратди  0 21:26Расман: Сергей Лушчан "Навбаҳор" клуби бош мураббийи сифатида таништирилди  17 21:03Ўртоқлик учрашуви. ОКМК Беларусь клубига имкониятни бой берди  1 20:35Эшитдик-да! "Навбаҳор"нинг асосий футболчиси легионерга айланиши мумкин  28 20:16Париж-2024. Ҳар бир терма жамоадаги катта ёшли футболчилар  8 19:49Ван Дейк NBA афсонаси Леброн Жеймс билан суратга тушди  4 19:21"Комо" Бонавентурани сотиб олмоқчи  1 18:53Mirabror Usmanov Cup-2024. Қирғиз Республикаси илк учрашувда Гватемаладан устун келди  2 18:32Сергей Лушчан "Навбаҳор" билан шартнома имзолади   24 18:19"Монако" клуб 100 йиллигига аталган сафар либосини тақдим этди  2 17:53"Мбаппе эффекти": Ҳоланд "Реал"га эмас, "Барселона"га ўтмоқчи  20 17:28"Милан" "Монако" ярим ҳимоячиси бўйича таклиф билан чиқди  0 17:00ПСЖ Угарте учун 70 млн евро хоҳламоқда  0

Superliga. 111 daqiqa davom etgan o'yinda "Andijon" "Qizilqum"ni ishonchli hisobda mag'lub etdi Yangiliklar

Superliga. 111 daqiqa davom etgan o'yinda "Andijon" "Qizilqum"ni ishonchli hisobda mag'lub etdi

"Andijon" hamda "Qizilqum" o'rtasidagi Superliganing 11-tur o'yini yakunlandi.

"Andijon" - "Qizilqum" 2:0

Gollar: Ilhomjon Alijonov 59', Rubin Xebay 90+8

22.05.2023/19:30

Hakamlar: Rustam CHoriev, Husan Xudoyberdiev, Sardor Hakimov, Ibrohim Ismoilov;

VAR hakami: Asker Najafaliev;

AVAR hakami: SHohruh Azamov;

Nazoratchi: Baxtiyor Namozov;

Komissar: SHerzod Rajabov.

"Andijon": 72.Igor Litovka, 4.Dilshodjon Komilov (21.Ildar Mamatkazin 72'), 8.Farhodbek Bekmuratov, 9.Levan Arveladze (7.Boburbek Farhodov 90'), 13.Sardorbek Azimov (11.Sardor Abdunabiev 78'), 14.Abdurahmon Komilov, 17.Farhodjon Sohibjonov (88.Nodari Kavtaradze 72'), 26.Muhammadkarim Toirov (10.Ilhomjon Abdug'aniev 72'), 28.Islombek Mamatkazin, 66.Ilhomjon Alijanov, 99.Rubin Xebay.

Zaxira: 12.Mohirbek Komilov, 5.Abdulvohid G'ulomov, 19.Suhrob Berdiev, 91.Ahtam Nazarov.

"Qizilqum": 35.Javohir Ilyosov, 4.Ilhomjon Vahobov, 5.Samandar SHukurillaev, 6.Murodbek Rahmatov, 10.Islom Kenjaboev, 11.Jasur Xolto'raev (7.Davron Anvarov 73'), 13.Nikolay Tarasov, 23.SHerali Jo'raev, 26.Viktor CHukvuemeka Mbaoma, 79.Diyor Rahmatilloev (77.Oybek Nurmatov 73' (32.Bobomurod Bozorov 86'), 87.Alisher Sanoev.

Zaxira: 22.Artyom Makosin, 2.Avazxon Mamatxo'jaev, 15.Asadbek Nizomov, 25.Azizbek Usmonov, 30.Islomjon Toshpo'latov, 75.Oleg Tolmasov.

Ogohlantirishlar: Dilshodjon Komilov 16', Sardorbek Azimov 36', Alisher Sanoev 45+2', Abdurahmon Komilov 80'

CHetlatish: Murodbek Rahmatov 90+6'


90+11. O'YIN YAKUNLANDI!

90+11. "Qizilqum" so'nggi daqiqalarda ko'plab xavfli vaziyatlar uyushtirib tashladi. Biroq ulardan naf chiqmayapti...

90+10. Islom Kenjaboevning zarbasini Litovka qiyinchilik bilan qaytardi...

90+10. Alisher Sanoevning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi aniq bo'lmadi.

Masala hal bo'ldi, 3 ochko mehmonlarga tegadigan bo'ldi. 

90+8. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Rubin Xebay penaltidan unumli foydalandi!

90+5. Penalti! "Qizilqum" darvozasi tomon...

90+2. Nodari Kavtaradzening uzoq masofadan yo'llagan zarbasini Ilyosov qaytardi.

90. O'yinning asosiy vaqtiga 9 daqiqa qo'shib berildi.

86. "Qizilqum" safida 2-o'limda maydonga tushgan Oybek Nurmatov jarohat olgani saba o'z o'rnini Bobomurod Bozorovga bo'shatib berdi..

80. Bahsning so'nggi daqiqalari boshlandi. Turli bahs-munozaralar va qoida buzishlar ko'payib bormoqda.

72. Mezbonlar birdaniga uchta o'zgarishga qo'l urishdi. Ko'ramiz, mazkur o'zgarishlar qay darajada foyda beradi.

70. "Andijon" faollikni oshirmoqda.

67. YO'Q! Gol bekor qilindi!!! Mazkur holatda o'yindan tashqari vaziyat bo'lgan deb topildi. Uchrashuv davom etadi...

66. Holat VAR orqali ko'rib chiqilmoqda...

Alisher Sanoevning o'ng qanotdan raqib jarima maydonchasiga erlatib uzatgan to'pini Viktor Mbaoma osonliq bilan darvozaga yo'lladi va gol urdi!

64. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! "Qizilqum" hisobni darhol tenglashtirdi!

62. Samandar SHukrillaevning zarbasi noaniq bo'ldi.

61. Farhodjon Sohibjonov Arveladzening ajoyib uzatmasidan so'ng darvozaga zarba berdi, biroq noaniq bo'ldi.

Jarima zarbasidan uzatilgan to'pni Ilhomjon Alijonov boshi bilan darvozaga aniq yo'lladi va 1:0!

59. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! "Andijon" uchrashuvda hisobni ochdi!

49. Farhodjon Sohibjonov o'ziga uzatilgan qulay pasni golga aylantirmoqchi bo'ldi, Ilyosov jamoasini muqarrar goldan asrab qoldi!

46. "Andijon" himoyachilari o'z jarima maydonlari ichida palapartishlik yuzaga keltirishda, bu vaziyatdan esa sal qolsa Viktor CHukvuemeka Mbaoma unumli foydalanib ketishi mumkin edi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

45+2. Birinchi bo'lim yakunlandi!

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

42. "Andijon" darvozasi oldida palapartishlik bo'ldi. "Qizilqum" futbolchisi jarima zarbasidan to'pni uzatdi, darvozabon va mehmon jamoa hujumchilari to'pni talashib qoldi va yakunda to'p maydon tashqarisidan chiqib ketdi.

38. Rahmatilloev ancha faol. Jarima maydonchasiga kirib keldi, biroq to'pni yo'qotib qo'ydi.

26. Islom Kenjaboev darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqdi, Litovka bu vaziyatda faol harakat qildi.

23. Burchakdan uzatilgan to'pni Sardorbek Azimov bosh bilan darvozaga yo'lladi, zarba noaniq bo'ldi.

18. Diyor Rahmatilloevning yana bir zarbani darvozabon ushlab oldi.

14. Rahmatilloevning uzoqdan tepgan to'pi aniq bo'lmadi.

10. Havolatib uzatilgan to'pni Levan Arveladze boshi bilan darvozaga yo'lladi, biroq noaniq bo'ldi.

5. Ilk daqiqalarda mezbonlar faol. "Qizilqum" jarima maydonchasi ichida amalga oshirilgan vaziyat xavfli tus olmadi.

1. O'yin boshlandi!

- Uchrashuv 19:30 da boshlanadi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика