So’nggi yangiliklar

12:12TVCOM'да бугунги тақвим: Италия Суперкубоги финали, Элит ОЧЛ ва бошқалар  0 12:01Ўзбекистон МТЖ январь ойида қаерда йиғин ўтказади?  2 11:33Винисиус ғавғоли ўйиндан сўнг Дубайга учиб кетди. Сабаби очиқланди  0 11:04U-23 Осиё чемпионати-2016. Энг тезкор голни урган ва умиди эрта сўнган Ўзбекистон  20 10:45Дани Алвес Португалия футбол клубини сотиб олиши мумкин  0 10:18Сергей Токов Суперлига жамоасида иш бошлаши мумкин  2 09:51"Локомотив" тажрибали ҳимоячи билан шартнома тузади  3 09:23Рубен Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг: "Бугун биз яхшироқ эдик"  4 08:55Фарход Соҳибжонов "Андижон" билан хайрлашди. Унинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  3 08:27"Хоразм"да нима гаплар? Етакчилар билан шартнома узайтирилди ва Тожикистондан дарвозабон келмоқда  5 07:59ОКМК етакчиси фаолиятини "Навбаҳор"да давом эттириши мумкин  8 07:30Ханси Флик: "Бу шунчаки шармандагарчилик"  9 01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  1 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1

Andijon: Nazorat o'yinida navbatdagi g'alaba Yangiliklar

Andijon: Nazorat o'yinida navbatdagi g'alaba

Teglar :  Andijon
Qishning so'nggi kunida Andijon navbatdagi sinov-nazorat bahsini o'tkazdi.

Jamoa safarda birinchi liga vakili Yozyovon-lochinlari bilan bellashdi. Ayni damda tarkibda deyarli o'ttizga futbolchi borligi tufayli murabbiylar shtabi o'yinchilarni ikki tarkibga ajratdi. Birinchi tarkib Yozyovondagi o'yinda ishtirok etgan bo'lsa, ikkinchi tarkib kuniga ikki mahal mashg'ulot o'tkazdi. Ular bilan ertalabki mashg'ulotni Rasul Rahmonov o'tkazdi. Tushlikdan so'ng esa bosh murabbiy Vitaliy Legayning o'zi boshchilik qildi.

Tarkibga avval xabar beranimizdek, darvozabon Abdukarim Muhamedov bilan yarim himoyachi SHahzod Karimov kelib qo'shildi. Yaqin orada yana bir hujumchi kelib qo'shilishi kutilmoqda. Bu haqda keyinroq malumot beramiz. So'nggi yillarni Andijon yoshlar jamoasida o'tkazgan iqtidorli futbolchi Abror Komilov viloyatimizning boshqa bir jamoasi UzDongJuga ko'chib o'tdi.

Bugungi sinov-nazorat bahsida murabbiylar yana bir bor futbolchilarning imkoniyatlarini ko'zdan kechirdi. Andijon o'yin davomida tajriba va mahorat bobida raqibidan biroz ustunroq ko'rindi. Ammo mezbonlar ham qarshilik ko'rsatishga urindi.  Yakunda Sanjar Asqaralievning yagona goli burgutlarning g'alabasini taminladi.

Endi navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvi 2 mart, payshanba kuni Noringa qarshi bo'lib o'tadi. Mazkur o'yin Andijonda, SHo'rbuloq dahasidagi FIMI stadionida bo'lib o'tadi. Bahsning boshlanish vaqti soat 12:00ga belgilangan.

28/02/2017
Nazorat uchrashuvi.

YOZYOVON-LOCHINLARI - ANDIJON 0:1.
Yozyovon. Paxtakor stadioni.
Gol:
Sanjar Asqaraliev.

YOZYOVON-LOCHINLARI:
Bahodir Yigitaliev
Otabek Mahamadjonov
Jasur Saidov
Bunyod Abdumannonov
SHahboz Abdurahmonov
Zokir Nurmatov
Xayrullo Qodirov
Zohid Ismoilov  (S)
Adaham Ahmadjonov
Bekzod Maxpiraliev.

ZAXIRA:

Jasur Tojiboev
Ulug'bek Olimov
Yoqubjon Eraliev
Maqsad Ibragimov
Islom Nazirov
Jahongir Dadaboev
Davron Xolmatov.


ANDIJON:
Abdukarim Muxamedov
Dilmurod Mahmudov
Abdurasul Komilov
Akbar Xodjaev
Oybek Nurmatov
Muhammadyusuf Abdumajidov
Sanjar Asqaraliev
Farhod Bekmuratov
Ibrohim Otaxonov
SHahboz Jumaboev
Anvar Berdiev.

ZAXIRA:
Ahror O'ktamov
SHerzod Sodiqjonov
Alisher Abduvohidov
Alisher To'xtasinov
SHahzod Karimov.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика