“Andijon” Navoiyga etib keldi
25 mar 2016 11:20
Yangiliklar
“Andijon” Navoiyga etib keldi
Malumki, ertaga 25 mart kuni jamoamiz O'zbekiston Kubogining 1/8final bosqichidan o'rin olgan ilk uchrashuvini o'tkazadi.
Safarda Qizilqumga qarshi kechadigan bahsga jamoamiz Toshkentdagi Geofizika qarorgohida jiddiy tayyorgarlik ko'rdi. Bugun erta tongda jamoamiz azolari Toshkent temiryo'l vokzalidan Navoiy shahri tomon yo'lga chiqdi.
Tushlikdan so'ng esa “burgutlar” ko'zlangan manzilga etib keldi. Aytish kerakki jamoamiz azolari shahardagi ko'rkam mehmonxonalardan biri bo'lgan “Zarafshon” oteliga kelib joylashdi.
Bugun kechki soat 17:00da o'yinoldi mashg'uloti o'tkaziladi. Eslatib o'tamiz, jamoamizning “Qizilqum”ga qarshi ertangi uchrashuvi Navoiydagi “Yoshlar” sport majmuasi stadionida bo'lib o'tadi. O'yin boshlanish vaqti esa 17:30ga belgilangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar