So’nggi yangiliklar

01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  2 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  5 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  14 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  95 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  9 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  847 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  5 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3

Andijon muvaffaqiyatsizligining asl sabablari nimada? Yangiliklar

Andijon muvaffaqiyatsizligining asl sabablari nimada?

Teglar :  AndijonOliy liga
Andijon klubi 2016 yilgi mavsumning eng omadsiz klubiga aylanib, navbatdagi marotaba Oliy Ligani tark etdi.

Ilk marotaba 2004 yilda elitadan tushib ketgan Andijon 2012 yilda ham yana Birinchi Ligaga quvilgandi. 2013 yil yana Oliy Ligaga qaytgan andijonliklar bir yil o'tib, 2014 yilda ham so'nggi o'rinlarni band etgan va ligada tushib ketishi lozim edi. Ammo O'FFning Oliy Liga klublari sonini 16 taga etkazishi tufayli ligada qoldirilgandi. 2015 yilda esa Andijon so'nggi turda Farg'onada Neftchini mag'lub etib Oliyda qolgan bo'lsada, bu yil afsuski yana Oliy Ligani tark etishga majbur bo'ldi. Xo'sh, Andijon jamoasining muvaffaqiyatsizligi asl sabablari nimada? Ushbu mavzu yuzasidan klubning sobiq bosh murabbiyi, jurnalistika sohasida qalab tebratgan Azamat Abduraimov Erudit Sport gazetasidagi maqolasida javob berishga urindi.



ANDIJONDAGI FAOLIYAT VA ISTE'FO

Afsuski, ajoyib muxlislarga ega Andijon klubi navbatdagi marotaba Oliy Ligani tark etdi. Ikki yil avval klubda faoliyat yuritgan murabbiy sifatida men bu jamoaning quyi ligaga tushib ketganligini shunchaki tasodifiy omadsizlik demagan bo'lardim. Har holda Andijonning Oliy Liga va Birinchi Liga o'rtasida tushib-chiqib yurishi bu klub sistemasining noto'g'ri ekanligini anglatadi. Nega ekanligini tushuntiraman.

Men 2013 yilda Andijon viloyat hokimining taklifiga binoan keldim. Jamoada mavsumning ikkinchi qismida ish boshlashganligim, o'shanda klub quyi pog'onalarda borayotganligiga qaramay, yig'in o'tkazish, tarkibni kuchaytirish masalasida hech narsa qila olmasdim. Bunday paytda, jamoani olib qolish juda qiyin edi. SHu bois, kelishuvga ko'ra, Andijon quyi ligaga tushib ketgan taqdirda ham, menga klubni yana Oliy Ligaga olib chiqish uchun imkoniyat berilishi haqida kelishilgandi. SHu sabab klubda ish boshlashga rozi bo'lgandim. O'sha yili klub quyi ligaga tushib ketgan bo'lsada, rahbariyat, homiylar barchasini to'g'ri tushunib, ikki qadam qo'yish uchun ham bir qadam ortga yurilishini to'g'ri tushungadilar. Qo'yilgan maqsad esa faqat Oliy Ligaga chiqish emas, klub asosini andijonlik mahalliy futbolchilardan tashkil etish vazifasi ham bor edi. SHunga yarasha jamoani imkonqadar yoshartirib, Oliy Ligaga chiqish vazifasini uddaladik. Mavsum yakunida esa do'stim Mirjalol Qosimovdan iltimos qilib, uning qo'l ostida chempion bo'lgan Bunyodkor klubini Andijonga qarshi futbol-shouga taklif etdik. Tadbirga Ozodbek Nazarbekov, Nilufar Usmonova, DJ Piligrimm, Javohir Zokirov cingari sanatkorlarni taklif etib, andijonlik muxlislarga ajoyib bayram sovg'a qilgan edik. Mavsumni yuqori notada yakunlab, yilni katta ishtiyoq bilan boshlashimiz kerak edi.



Ammo, klub tomonidan futbolchilarga Oliy Ligaga chiqqani uchun vada qilingan bonuslar, mukofot pullari to'lanmadi. Sababi, bungacha futbolga qiziqqan viloyat hokimi boshqa ishga o'tkazilgandi, yangi rahbariyat esa bu borada muammoni hal etmadi. Ustiga-ustak yilni moliyaviy qiyinchiliklar bilan boshladik. Bu esa tarkibni kuchaytirish imkonini bermasdi. Oqibatda mavsum o'yinlarini quyi ligada vazifani bajargan futbolchilar va Oliy Liga klublaridan chetda qolgan o'yinchilar bilan boshlashga majbur bo'ldim. Bunday paytda futbolchilarni ruhlantirish oson bo'lmasada, yaxshi natija uchun bor imkoniyatimni ishga soldim. Dastlabki turda 18 ming muxlis qo'llab-quvvatlashi ostida Paxtakorga 0:1 hisobida mag'lub bo'lgan bo'lsakda, butun stadion o'yindan keyin ham jamoamizni qo'llab-quvvatladi. Xullas, mavsumni omadsiz boshlaganimizdan keyin natija uchun javobgarlikni o'z bo'ynimga oldim. Jamoaning natijalari uchun tabiiyki, mening ham aybim bor edi. Klubga yangi murabbiylar kelishi va ular davralar oralig'ida tarkibni kuchaytirib, etarlicha tayyorgarlik ko'ra olishlari uchun ham, birinchi davra yakunida klubni o'z arizamga binoan tark etishga qaror qildim.

BU TASODIY OMADSIZLIK EMAS

O'shanda klubning muvaffaqiyatsizligiga meni ayblaganlar juda ko'p bo'ldi, balki tajribasizlik qilgandirman, ammo...


maqolaning davomini "Erudit-Sport" gazetasida o'qish mumkin.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика