So’nggi yangiliklar

16:18Игорь Шквирин Европа клубига ўтиши нега барбод бўлганини айтиб берди  1 16:11"Бунёдкор" "Сўғдиёна"ни ранжитган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:38"Рома" "Борнмут" аъзосини харид қилмоқчи  0 15:12GiveMeSport дунёнинг энг яхши футболчилари рейтингини эълон қилди  3 14:45Бундеслиганинг бир қанча клублари "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 14:18Англия терма жамоаси собиқ сардори маст ҳолда машина ҳайдаганликда айбланиб ҳибсга олинди  0 13:50Абрахам "Рома"дан "Бешиктош"га ўтади  1 13:25Факт: "Бунёдкор" 4 йилдан сўнг Тошкентда "Сўғдиёна"ни ютди   2 12:34Зоран Марушич "Динамо" билан ўйинда майдонга тушадими?  1 12:04Носир Абдусаломов: "0:2 ҳисобидаги мағлубиятдан чиқиб кетиш катта куч талаб қилар эди, голимни бобомга бағишладим"  3 11:44Марио Балотелли Париж мода ҳафталигида модел сифатида подиумга чиқди  7 11:18"Насаф" U-14 Португалиядаги мусобақада қатнашади  10 10:53Криштиану Роналду фаолиятини якунлаганидан кейин мураббий бўлиши ҳақидаги саволга жавоб берди  5 10:25Котрина Кулбите: "Мақсадимиз - Осиё Кубоги"  1 09:55Нилуфар Қудратова: "Ўйин биз истагандек бўлди"  0

"Andijon" murabbiyi: "Faoliyatimda bunday holatga ilk bor duch keldim" Yangiliklar

"Andijon" murabbiyi: "Faoliyatimda bunday holatga ilk bor duch keldim"

Coca Cola Superliganing 4-turidan o'rin olgan "Buxoro" - "Andijon" (2:2) uchrashuvidan keyin mehmonlar murabbiyi Diyor Mirzaboev o'z fikrlarini bildirdi.

"21 kun jismoniy tayyorgarlikni maromiga keltirish uchun etarli bo'lmadi. SHu sababdan zaxiradagi futbolchilarimizdan foydalandik.

Ikkita penaltidan gol urgan bo'lsakda yakunda g'alabani qo'ldan chiqardik. Vaziyatlardan unumli foydalanganimizda g'alaba bilan qaytardik. So'nggi daqiqalarda diqqatni yo'qolishi hisobni tenglashishiga olib keldi. Ikkala jamoaga minnatdorchilik bildiraman. Yuqori darajada bahsni o'tkazib berishdi.

Tomoshabinlarsiz o'yin? Faoliyatimda bunday holatga ilk bor duch kelishim. O'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushganimizda ham muxlislarimiz stadiondan turib qo'llab-quvvatlab turardi.

Beshta futbolchi almashtirishga munosabatim qanday? Yuqorida ham aytib o'tdim 20 kun jismoniy tomondan tiklanishga etmaydi. Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilarni aybdor qilmoqchi emasman. Yutuq va mag'lubiyat bari jamoaniki. Lekin, zaxiradan qo'shilgan o'yinchilar o'zini oqlamadi.Ulardan o'yinni kuchaytirishlarini kutgandik. Bizda "Buxoro"ga qaraganda vaziyatlar ko'proq bo'ldi", - deydi Diyor Mirzaboev.


Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика