So’nggi yangiliklar

02:07ЖЧ саралаши. Испания, Италия, Португалияда ғалаба ва бошқа натижалар  0 00:25"Бавария" Гнабри бўйича қарор қабул қилди  0 23:16"Барселона" 17 ёшли франциялик иқтидорга қизиқмоқда  1 22:22"Ливерпуль" ПСЖ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқчи  5 21:484 та гол урилган Ўзбекистон U-17 ва Туркия U-17 ўртасидаги ўртоқлик ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  3 21:30Рафаэль Бенитес АПЛга қайтиши мумкин  4 20:25"Байер" футболчиси Ҳалил Коч: "Ўзбекистон кучли ва курашувчан жамоа экан"  12 19:51Садриддин Ҳасанов: "Бу ўйинда биз мураббийларнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  1 19:33Нурбек Сарсенбаев: "Бизга кучли рақиблар керак. Чунки жаҳон чемпионатидаги рақиблар бундан-да кучлироқ бўлишади"  5 19:20Ямал дербига қадар тикланмайди  8 18:56Ўзбекистон U-17 — Туркия U-17 ўртоқлик ўйинида дуранг  14 18:41"Сўғдиёна" назорат ўйинида "Динамо"ни мағлуб қилди  2 18:24Россиялик собиқ футболчи Эрон термаси ҳақида: "Сайёҳлар жамоаси. Улар қандай қилиб жаҳон чемпионатига чиқди, ҳайронман"  38 17:58Жон Оби Микел ўзининг АПЛ рамзий термасини тузди  6 17:43"Ливерпуль" футболчиси жароҳат сабабли термаси ихтиёрини тарк этди  0

"Andijon" murabbiyi Artyom Petrosyan: "Futbolchilarning o'rniga o'zingizni qo'yib ko'ring" Yangiliklar

"Andijon" murabbiyi Artyom Petrosyan: "Futbolchilarning o'rniga o'zingizni qo'yib ko'ring"

Superliganing 11-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Andijon" (3:3) uchrashuvidan so'ng mehmonlar yordamchi murabbiyi Artyom Petrosyan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- O'yin haqida nimani aytish mumkin? Ko'rdingiz, chetlatish va darvozamiz tomon belgilangan penaltilarga duch keldik. SHunga qaramay yigitlar xarakter ko'rsatishdi, albatta rahmat aytaman. Juda emocional uchrashuvga guvoh bo'ldik.

- Jamoa so'nggi turlarda ko'ngildagidek natija qayd eta olmayapti? Bunga sabab nimada deb o'ylaysiz?

- Vaziyatlardan foydalana olmaslik muammolariga duch kelayapmiz. O'sha "Paxtakor" bilan o'yinda ham o'z vaziyatlarimizdan unumli foydalanmaganimizda hisob bunday ko'rinishda bo'lmasdi. Mashg'ulotlarda bu borada ishlayapmiz.

- Jamoa bosh murabbiyi chetlatilgan vaziyatga qanday izoh berasiz?

- Bunga darvozamiz tomon penalti belgilangan vaziyat sabab bo'ldi. O'yin haroratida kishi emociyada bo'ladi. Ertangi bayram kayfiyatini mag'lubiyat bilan buzib qo'yish hech kimga yoqmaydi.

- Futbolchilar o'yin vaqtida maydonni tashlab chiqib ketmoqchi bo'lishdi. Ularni uchrashuvga qaytarish anchayin vaqtni oldi. SHu vaziyatni tushuntirib bersangiz?

- Endi siz ularning o'rniga o'zingizni qo'yib ko'ring. So'nggi daqiqada darvozangiz tomon penalti belgilanayapti, yutqazsangiz shuncha mehnatingiz yo'qqa chiqadi. Yigitlar emociyada shunday qilishdi, biroq biz ularga tushuntirdik va barchasi joyiga tushdi.



Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика