So’nggi yangiliklar

12:04Носир Абдусаломов: "0:2 ҳисобидаги мағлубиятдан чиқиб кетиш катта куч талаб қилар эди, голимни бобомга бағишладим"  0 11:44Марио Балотелли Париж мода ҳафталигида модел сифатида подиумга чиқди  3 11:18"Насаф" U-14 Португалиядаги мусобақада қатнашади  1 10:53Криштиану Роналду фаолиятини якунлаганидан кейин мураббий бўлиши ҳақидаги саволга жавоб берди  0 10:25Котрина Кулбите: "Мақсадимиз - Осиё Кубоги"  1 09:55Нилуфар Қудратова: "Ўйин биз истагандек бўлди"  0 09:28“Ал Насср“нинг ёзги биринчи рақамли трансфер мақсади маълум  2 09:01“Барселона“ ҳимоячиси жамоани тарк этиш ниятида эмаслигини маълум қилди  1 08:31“Сурхон“ дарвозабони иккинчи даврани Суперлиганинг ТОП клубида бошлаши мумкин  1 08:03Клублар ўртасидаги ЖЧни тарк этган Месси нималар деди?  12 07:35Суперлига. Бугун 14-тур якунланади  6 05:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. “Бавария“ чорак финалда. Бизни чорак финалда даҳшат учрашув кутмоқда  6 01:23Суҳроб Иззатов: "Бир метрдан очиқ дарвозага ҳам тўп кирмаяпти"  1 00:54Зоир Жўрабоев: "Суперлигада учта гол урганман ва уларнинг барчаси "Бунёдкор" дарвозасидан ўрин олган"  0 00:39Луис Качорри: "Бугун "Бунёдкор" билан ўз майдонимиздаги сўнгги ўйиним бўлиши мумкин"  1

Andijon legioneri: Bizda mamlakatdagi eng yaxshi muxlislik bor va juda yaxshi atmosferada o'ynayapmiz Yangiliklar

Andijon legioneri: Bizda mamlakatdagi eng yaxshi muxlislik bor va juda yaxshi atmosferada o'ynayapmiz

Andijon klubi mavsumni shiddatli boshladi.

Buni dastlabki uchta uchrashuv ham ko'rsatib qo'ydi. Oldinda esa «Burgutlar»ni «Nasaf»ga qarshi juda muhim o'yin kutmoqda.

Gollar urishda faollik ko'rsayotgan «Andijon» kuni kecha o'z maydonida Qirg'iziston U20 termasiga qarshi xalqaro o'rtoqlik o'yinida ishtirok etdi hamda raqibini 3:0 hisobida taslim qildi.

Gollardan biriga chernogoriyalik legioner Armin Boshnyak mualliflik qildi. U bir qator savollarga javob qaytardi.

-Armin, Qirg'iziston yoshlar terma jamoasiga qarshi o'yin haqida fikringiz qanday?

-Bu biz uchun yaxshi darajadagi o'rtoqlik o'yini bo'ldi. Bunday o'yinni jamoamizga katta foydasi bo'ladi, deb o'ylayman. «Nasaf»ga qarshi uchrashuvga tayyorgarligimizni yanada kuchaytiramiz.

-30 mart kuni «Andijon» klubini nihoyatda muhim o'yin kutmoqda. Siz bo'lajak uchrashuvdan nima kutyapsiz?

-Biz har bir o'yinda qilganimizdek, doim 100 foiz imkoniyatimizni ishga solib, bor kuchimizni berib o'ynaymiz. Hamisha yaxshi natijaga umid bog'laymiz.

-Umuman aytganda, «Andijon» yangi mavsumni yaxshi boshladi. Sizningcha, buning asosiy sababi nimada?

Bizning yaxshi natijalarimizdagi asosiy sababi shundan iboratki, biz yaxshi shug'ullanamiz va tayyorgarligimiz ham shunga yarasha. Bunga jamoa ichidagi atmosfera katta yordam beradi. Qolaversa, yangi futbolchilarni tanlashda ham ancha omadli bo'ldik. Yaxshi o'yinchilar tarkibimizga qo'shilishdi.

-Klub 3 ta uchrashuvda 8 ta gol urdi, o'rtoqlik o'yinida esa 3 ta. Ko'rinib turibdiki, jamoa juda tajovuzkor o'ynamoqda.

-Ha, biz ko'p gol uryapmiz. Buning uchun aynan shuning ustida ko'proq ishlayapmiz. Ushbu kiritilayotgan gollar uchun butun jamoa olqish olishga haqli. Bu butun jamoaning mehnati saramasi o'laro kiritilayotgan gollardir. Biz kiritayotgan gollar uchun butun jamoa hurmatga loyiq.

-Siz chempionatda va o'rtoqlik o'yinlarida bittadan gol urdingiz. Bu borada sizda ham gol urishga chanqoqlik ko'rinyapti. «Nasaf» bilan bellashuvda ham gol ura olasizmi?

-Men milliy chempionatda ham, o'rtoqlik uchrashuvlarida ham gol urayotganimdan xursandman. Bu yilda gollar urishga juda tashnaman va buni nihoyatda xohlayman. Imkon qadar ko'proq golla urib jamoamga foydam tegsa xursand bo'laman va bu mening maqsadim.

-«Bobur Arena»dagi muhit va sizga va jamoaga qanday tasir ko'rsatyapti? Masalan, oldin to'p surgan klublaringizda shunday muhitni ko'rganmisiz?

-Bizda mamlakatdagi eng yaxshi muxlislik bor va juda yaxshi atmosferada o'ynayapmiz. Kiyim almashtirish xonasida, jamoa ichida, butun shaharda, umuman barchasi ajoyib va muxlislarimizning ajoyib tarzda qo'llab-quvvatlashi ham sabab bo'lmoqda. Ular bizni mana shunday yaxshi natijalarga etaklab kelishyapti. Ular bo'lmaganida bu kabi o'yin ko'rsata olmagan bo'lardik.

-30 mart oqshomida bo'lib o'tadigan uchrashuv oldidan muxlislarga nima deya olasiz?

-Ishqibozlarimizga katta rahmat. Ularning yordami bilan yana g'alaba qozonamiz, degan umiddaman.

«Andijon» matbuot xizmati.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика