“Andijon” ishqibozlari diqqatiga
02 mar 2016 16:38
Yangiliklar
“Andijon” ishqibozlar klubi ushbu mavsumga o'zgacha ruhda tayyorgarlik ko'rmoqda. Ishqibozlar klubi raisi Nodirbek To'ychievning malum qilishicha, 4 mart, juma kuni “Sog'lom avlod” stadionida soat 16:00da muxlislarning navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tadi. Unda “Paxtakor” bilan o'yin va umuman chempionat uchrashuvlariga bo'lgan so'nggi tayyorgarlik hamda bir qator masalalar yuzasidan kelishib olinadi. SHu bois “Andijon” jamoasiga befarq bo'lmagan ashaddiy ishqibozlarni 4 mart kuni “Sog'lom avlod” stadionidagi yig'ilishga kelishlari so'raladi.
"Andijon" FK matbuot xizmati.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar