So’nggi yangiliklar

00:26Манише Феликс ҳақида: "Футбол лойиҳаси бўлиб қолди. Шундай клубларда имкониятлар, аммо у ишлашни хоҳламайди"  0 00:06"Интер" ва Нкункунинг агентлари трансфер шартларини муҳокама қилишмоқда  0 23:41Иван Бошкович: "Бугун нимадир ўхшамади"  0 23:14Суперлига. Пенальтидан тўп киритилмаган ва гол ҳисобга олинмаган ўйинда "Динамо" "Навбаҳор" билан жанговар дурангга имзо чекди  110 23:05Рўзиқул Бердиев: "Қарши ҳужум режасини туздик ва бу ўз мевасини берди"  8 22:50Виталий Левченко: "Катта устунликка эришиб якунда мағлуб бўлиш жуда аламли"  12 22:17Илёс Зейтуллаев: "Стадиондаги муҳит учун мухлисларга раҳмат айтаман"  4 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" иккита гол урган ўйинда "Насаф" ғалаба қозонди  34 21:43Таҳлил. Бугун Фарғонада "Нефтчи" эмас Левченко ютқазди, Зейтуллаевга 5 баҳо  16 21:39"Челси" форварди АПЛнинг бошқа клубига ўтишга яқин  1 20:56Суперлига. "Бунёдкор" Фарғонада "Нефтчи"ни мағлуб этди  76 20:20"Барселона" Рэшфордни рўйхатдан ўтказиш учун кимни сотиши мумкинлиги маълум бўлди  13 19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  1 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0 18:34Эдерсон янги клуб билан келишувга эришди  1

"Andijon" himoyachisi: "CHempionatni uch ochko bilan boshlash uchun bor kuchimizni sarflaymiz" Yangiliklar

"Andijon" himoyachisi: "CHempionatni uch ochko bilan boshlash uchun bor kuchimizni sarflaymiz"

Bilasiz, "Andijon" klubi ham yangi mavsumga tayyorgarlikni Turkiyaning Antaliya shahrida qizg'in ravishda davom ettiryapti.

Jamoadagi barcha futbolchilar yuqori kayfiyatda mashg'ulotlarda qatnashishyapti. Jamoaning iqtidorli futbolchilaridan biri, himoyachi Abdulvohid G'ulomov klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.



- O'yinlarimiz haqida taassurotlarim yaxshi. Avvalo, "Selimbar"ga qarshi uchrashuv to'g'risida to'xtalsam, biz o'yindan avval raqib haqida malumotga ega emasdik. SHu sababdan ham o'yin natijasiga tasir qildi, deb o'ylayman. Ammo yomon o'yin namoyish etmadik. Vaziyatlar yarata oldik, biroq ularni golga aylantira olmadik va durang bilan tugadi.

Ikkinchi o'yinda Gruziyaning "Saburtalo" jamoasi bilan o'ynadik. Biz kuchli raqibga qarshi maydonga tushdik. Gol urdik, lekin g'alabani saqlab qola olmadik. O'ylaymanki, hozirgi jarayonda natijaning ahamiyati katta emas. Asosiysi, jamoa o'yinini shakllantirib, uni kuchaytirishda. Biz shunga harakat qilyapmiz.

Antaliyadagi yig'inimiz alo dajada o'tyapti. Tayyorgarligimiz juda yaxshi va ahamiyatli bo'lyapti. Yoqimli tarafi, kuchli raqiblar bilan o'yinlar o'tkazyapmiz. Bu bizga albatta ijobiy tomondan asqatishi aniq.

Superliga qurasiga kelsak, birinchi uchrashuvni safarda o'tkazadigan bo'ldik. Baribir mavsum mobaynida hamma raqiblar bilan o'ynab chiqishimiz kerak. SHu boisdan men uchun katta ahamiyatga ega emas. Xudo xohlasa, mavsum davomida g'alabalarimiz bilan muxlislarimizni xursand qilamiz. Albatta, chempionatni uch ochko bilan boshlash uchun bor kuchimizni sarflaymiz va maqsadimizga erishishga harakat qilamiz.

Jamoadagi barcha yigitlarning kayfiyati alo darajada. Xohish va ishtiyoqsiz hech nimaga erishib bo'lmaydi. SHuning uchun ham bizda ishtiyoq yuqori darajada.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика