So’nggi yangiliklar

16:10Ўзини тополмаган ўнлик: Биринчи давранинг омадсиз трансферлари   1 15:51Расман: Кайл Уокер янги клубга ўтди  0 15:16Дюмфрис Англия топ клубига ўтиши мумкин  0 14:41Жота ва гуллар  6 13:46"Арсенал" баскетболчи учун 80 миллион евро тайёрламоқда   1 13:08Нико Уильямснинг товон пули миқдори маълум бўлди  7 12:27"Ливерпуль" Жотанинг оиласига футболчи билан шартнома бўйича тўлиқ суммани тўлаб беради  7 12:00Лунин қарор қилди  2 11:28МЮ ва "Арсенал" товон пули 85 млн евро бўлган "Интер" футболчисига қизиқмоқда  0 11:02Жасур Абдураимов Биринчи лига жамоаси бош мураббийига айланди  4 10:20"Истанбул Башакшехир" Шомуродовнинг трансфери учун қанча сарфлаши маълум  10 09:48"Насаф" қизиқаётган Ратиньонинг товон пули маълум  11 09:23"Сурхон" етакчиларидан бири иккинчи даврани "Динамо"да ўтказади  2 08:52Эшитдик-да. Ўзбекистон МТЖнинг яна бир аъзоси "Пахтакор"да  17 08:25Ўзбекистон МТЖнинг собиқ аъзоси Эрон клубига ўтишга яқин  5

“Andijon” FK “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni”ni yuqori suratda o'tkazdi Yangiliklar

“Andijon” FK “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni”ni yuqori suratda o'tkazdi

1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni!

SHu munosabat bilan yurtimizda ushbu sanada bolajonlar uchun turli xil ko'ngilochar tadbirlar va xayriya uchrashuvlar tashkil etib kelinadi.



Yaqinda “Volonterskoe dvijenie Andijana” guruhi faollari viloyat qon quyish Markazi bilan hamkorlikda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning bemor bolalari uchun 1 – iyun “Xalkaro bolalarni himoya qilish kuni”ga bag'ishlangan “Sog'lom kelajak uchun” xayriya akciyasini o'tkazdi.

Unda “Andijon” futbol klubi azolari ham bevosita ishtirok etib, bemor bolalar uchun sovg'a salomlarini etkazdi. Bu kabi etibor tabiiyki bolajonlarni va ularning ota-onalarini behad quvontirmasdan qolmadi.



SHuningdek kuni-kecha Andijon shahrining Bo'ston dahasida joylashgan “Bolalar va o'smirlar futbol maktabi”da 2005-2006 yillarda tug'ilgan bolalar o'rtasida “1 iyun – xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan o'tkazilgan musobaqaning yakuniy qismiga “Andijon” jamoamiz rahbariyati va bir qator mahalliy futbolchilar tashrif buyurib, bolajonlarni turli-xil nominaciyalar bo'yicha sovg'alar bilan taqdirladi.



SHu tariqa “Andijon” futbol klubi “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” bayramini yuqori suratda o'tkazishga xarakat qildi.



 

P.S: mustaqil jurnalist Elmurod Ermatov fotolaridan foydalanildi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика