So’nggi yangiliklar

20:16Гарет Бэйл: "Бугун ким ғолиб бўлишини барчамиз яхши биламиз"  2 19:50"Реал" Негрейра иши бўйича терговни яна ярим йилга узайтиришни сўрамоқда  6 19:32"Динамо" хорижда йиғин ўтказади  3 19:09"Лион"нинг Лига 1даги тақдири ҳал бўлди  0 18:31Фабрицио Романо Элдор Шомуродов трансфери бўйича маълумот берди  5 17:45КЖЧда энг кўп мухлис қайси жамоа ўйинига тушмоқда?  5 17:35Дублга эришган легионер, "Навбаҳор"ни мағлуб этган мураббий, гол ўтказмаган посбон ва 25 ёшли ҳимоячи — Суперлигада 15-турнинг энг яхшилари  1 17:29Мирко Еличич - "Локомотив" бош мураббийи  2 17:12Рустам Ашурматов "Истиқлол" футболчисига айланди  1 17:08Расман: Бобир Абдихолиқов "Пахтакор" футболчиси  7 16:58Мали, Фламарион, Качорри, Ратиньо, Дориев ... Суперлига 15-тур рамзий терма жамоаси  1 16:20"Андижон"га янги дарвозабон ва мураббий келмоқда  9 16:069 нафар ҳакам ўйин натижаларига таъсир кўрсатишда гумонланмоқда  6 15:55Эшитдик-да! "Навбаҳор" яна икки нафар бразилиялик футболчини олиб келмоқчи  11 15:32Улар ҳақида эртага ҳам гапиришади: биринчи давранинг кашфиётлари кимлар бўлди?  1

Xudoyberdiev “Andijon” mashg'ulotlarida. Erkinovga taklif yuborildi Yangiliklar

Xudoyberdiev “Andijon” mashg'ulotlarida. Erkinovga taklif yuborildi

Andijonliklar yangi mavsumga o'z qarorgohida tayyorgarlik olib bormoqda.

Murabbiylar shtabi rejaga ko'ra, birinchi bosqich yig'inida kun-ora nazorat sinov o'yinlari orqali futbolchilarning imkoniyatlarini ko'zdan kechirmoqda. O'tgan yili jamoa sharafini himoya qilgan deyarli barcha futbolchilar shartnomasi yakuniga etgani sababli, boshqa klublarga o'tib ketdi. SHu bois endi “burgutlar” tarkibi yangitdan shakllantirilmoqda. Tabiiyki, selekciya ishlari jadal suratda olib borilmoqda.

Championat.asia saytiga malum bo'lishicha, murabbiylar hujum chizig'ini kuchaytirish maqsadida SHahboz Erkinovga taklif yuborgan. “Bunyodkor”ning 34 yoshli hujumchisi hozircha aniq javob aytmagan va hozirda “qaldirg'ochlar” safida shug'ullanib turibdi.

Kuni kecha “Andijon” lagerida Ulug'bek Xudoyberdiev paydo bo'ldi. O'tgan mavsum PRO-Ligada Farg'onaning “Istiqlol” jamoasida o'ynagan himoyachi hozircha ko'rikdan o'tmoqda.

Bungacha Andijon” yoshlar jamoasida o'ynab, asosiy tarkibga jalb etilgan Muhammadsolih Ubaydullaev, Muhammadali Tursunov, Yursunali Topvoldiev, Rustam Qo'chqarov, Saidjon Mahammadinov, SHoxruh Rahmidinov kabi mahalliy futbolchilarga javob berb yuborilgan. Ayni damda ushbu futbolchilar viloyat ikkinchi ligasida ishtirok etadigan “Poytug'” jamoasi mashg'ulotlarida ishtirok etayotganini aytish lozim.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика