So’nggi yangiliklar

19:50Расман: "Барселона" ҳимоячиси "Эльче"га ўтди  0 19:19"Байер" "Ал Қодисия" ярим ҳимоячисини 25 млн еврога сотиб олди  0 19:11CAFA Nations Cup. Туркманистон – Ўзбекистон (матнли трансляция)  62 18:48CAFA Nations Cup. Кейруш бошчилигидаги Ўмон охирги дақиқаларда гол уриб, Қирғизистонни ютиб кетди  33 18:33Ўзбекистон - Туркманистон. Асосий таркибимиз маълум  25 18:33"Қайрат" – "Реал" учрашувига 4-5 минг сайёҳ келиши кутилмоқда  0 18:05"Қайрат"нинг Чемпионлар Лигасидаги ўйинлари Остонада ўтказилиши режалаштирилмаган  1 17:38"Астон Вилла" "Ливерпуль" хавбеки билан шартнома имзолади  7 17:10"Бавария" "Челси" ҳужумчисини ижарага олди  6 16:41"Комо" Деле Алли билан шартномани бекор қилди  0 16:14"Челси" Буонанотте трансферини расмийлаштирди  4 15:23"Ал Насср" Ал Нассирни сотиб олди  4 14:56"Ноттингем Форест" "Арсенал" футболчисини ижарага олди  0 14:30Ла Лига етакчиларидан бири "Олтин бутса" соҳиби билан шартнома имзолади  0 14:10Расман: Доннарумма – "Манчестер Сити" янги дарвозабони!  8

"Andijon" - "CHiksereda" - Hisobda aks etmagan ustunlik, xotirjam Xomyakov yoxud Maksim SHackix qaysi jamoaning o'yinini kuzatdi? Yangiliklar

"Andijon" - "CHiksereda" - Hisobda aks etmagan ustunlik, xotirjam Xomyakov yoxud Maksim SHackix qaysi jamoaning o'yinini kuzatdi?

Turkiyada tayyorgarlikni davom ettirayotgan "Andijon" kecha ilk o'rtoqlik bahsida ishtirok etdi.

Raqib — Ruminiyaning "CHiksereda" jamoasi. Aslida jamoaning to'liq nomi “CHiksereda Merkurya CHuk” deb nomlanadi. 1904 yilda tashkil topgan. Ruminiyada Liga-2 chempionatida qatnashadi. Bu o'zimizning Pro liga kabidir. Birinchi raqamli musobaqasi Liga-1. Klubda germaniyalik mutaxassis Verner Berger yaqinda bosh murabbiy sifatida ishga kirishdi. U bunga qadar SHotlandiyaning "Dandi Yunayted" jamoasida faoliyat olib borayotgandi. CHiksereda” tarkibida ko'plab legionerlar bor va ularning aksariyati Vengriyadan. SHuningdek, Ispaniya, Marokash, Sloveniya, Misr, Slovakiya, Italiyadan kelgan legionerlar ham bor. Jamoaning o'rtacha yoshi esa 23,8 ni tashkil qilmoqda.


Murosasiz kechgan uchrashuvda "Andijon" Ruminiya klubi bilan durangga imzo chekdi



Tashqaridan olib qaralganda va yuqoridagi omillarni hisobga olganda raqib jiddiy edi. Lekin bu o'yin davomida o'z ahamiyatini yo'qotdi. "Andijon" deyarli har bir jabhada munosib qarshilik qildi. Ayniqsa ikkinchi bo'limga kelib xavfli vaziyatlar yaratish borasida ustunlik "burgutlar" tomoniga o'tdi. Tanaffusdan so'ng legionerlar o'rniga maydonga tushgan yangi kuchlar o'yinning tempini oshirdi. Suhrob Berdiev, Bobur Farhodovda golga tortadigan yaqqol vaziyatlar yuzaga keldi. Lekin ustunlik hisobda aks etgani yo'q. SHunga qaramay Aleksandr Xomyakov o'yinni tribunadan xotirjam tarzda kuzatib bordi. 

"Hali asabiylashadigan paytlar keladi. Endigina 4ta mashg'ulot o'tkazdik. O'zimni xotirjam tutganim bu tabiiy holat",- deydi Aleksandr Xomyakov.


Aleksandr Xomyakov: "Jamoamizga kelgan legionerlar saviyali. Faqat..." 


O'yin atrofidagi voqealarga to'xtalsak, "Andijon"ning uchrashuvidan yarim soat oldin "Nasaf"ning "Polissiya"ga qarshi o'yini boshlandi. Fursatdan foydalanib malum vaqt o'yinni kuzatishga ham ulgurdik. Bu pallada kompleks atrofida kutilmagan mehmonlar "Paxtakor" bosh murabbiyi Maksim SHackix va klub texnik direktori Nikolay Minchev ko'rinish berdi. "SHerlar"ning ikki vakili "ajdarlar"ning o'yinini tomosha qildi. Biz esa bu vaziyatni fotoapparatimizga muhrladik. Ro'ziqul Berdiev o'z jamoasining o'yinini tugatib qisqa vaqt "Andijon"ning bahsini ham kuzatganini aytish joiz. 


Nazorat o'yini. "Nasaf" Ukraina klubi bilan durang o'ynadi



"Andijon" navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvini 3 fevral kuni Rossiyaning "Fakel" jamoasiga qarshi o'tkazadi. 

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика