So’nggi yangiliklar

19:11CAFA Nations Cup. Ўзбекистон – Туркманистон (матнли трансляция)  1 18:48CAFA Nations Cup. Кейруш бошчилигидаги Ўмон охирги дақиқаларда гол уриб, Қирғизистонни ютиб кетди  29 18:33Ўзбекистон - Туркманистон. Асосий таркибимиз маълум  20 18:33"Қайрат" – "Реал" учрашувига 4-5 минг сайёҳ келиши кутилмоқда  0 18:05"Қайрат"нинг Чемпионлар Лигасидаги ўйинлари Остонада ўтказилиши режалаштирилмаган  1 17:38"Астон Вилла" "Ливерпуль" хавбеки билан шартнома имзолади  3 17:10"Бавария" "Челси" ҳужумчисини ижарага олди  6 16:41"Комо" Деле Алли билан шартномани бекор қилди  0 16:14"Челси" Буонанотте трансферини расмийлаштирди  4 15:23"Ал Насср" Ал Нассирни сотиб олди  4 14:56"Ноттингем Форест" "Арсенал" футболчисини ижарага олди  0 14:30Ла Лига етакчиларидан бири "Олтин бутса" соҳиби билан шартнома имзолади  0 14:10Расман: Доннарумма – "Манчестер Сити" янги дарвозабони!  8 13:44Хави Бундеслигада иш бошлаши мумкин  0 13:15"Астон Вилла" Виктор Линделёфни сафига қўшиб олди  0

Andijon: Cementchi bilan o'yinga tayyorgarlik boshlandi Yangiliklar

Andijon: Cementchi bilan o'yinga tayyorgarlik boshlandi

Xabaringiz bor, kecha Andijon birinchi liganing 5-turida UzDongJu jamoasini 2:0 hisobida taslim etib, mag'lubiyatsiz seriyasini davom ettirdi.

Endi navbatdagi turdagi raqibimiz - Quvasoyning Cementchi jamoasidir. Abdumalik Hakimov boshchiligidagi ushbu jamoa ayni damda turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Andijon bilan o'rtadagi ochkolar farqi ikkitani tashkil etayotganini ham aytish lozim. Quvasoyliklar bugungacha 5ta o'yin o'tkazib  yuz foizli natija ko'rsatib kelmoqda. SHu bois aytish mumkinki, 26  aprel kuni Quvasoyda bo'lib o'tadigan Cementchi - Andijon uchrashuvi keskin va murosasiz tarzda o'tishi turgan gap. Burgutlar ustozi Vitaliy Legay kechagi o'yindan so'ng futbolchilarga dam bermadi va navbatdagi muhim bellashuvga tayyorgarlikka kirishildi.

 Bugun ertalab o'tkazilgan mashg'ulotda murabbiylar ayrim futbolchilar bilan tiklanish mashg'ulotini olib borgan bo'lsa, qolganlar to'liq kuch bilan astoydil shug'ullandi. Tarkibda Abdukarim Muhamedovdan boshqa yo'qotishlar yo'q. Iqtidorli posbon UzDongJu bilan o'yindan oldingi mashg'ulotda kutilmaganda oyog'idan jaroxat olib, bir necha oyga safdan chiqdi. Qolgan futbolchilarimiz soppa-sog' va ular bo'lajak jiddiy o'yinga jangavor tayyorgarlik va yuqori kayfiyatda deyish mumkin.

Eslatib o'tamiz, birinchi liganing ushbu markaziy uchrashuvi 26 aprel, chorshanba kuni Quvasoy shahridagi Cementchi stadionida soat 16:30da boshlanadi. Ishqibozlarimizni qiziqarli kechishi kutilayotgan o'yinga taklif etib qolamiz. Zero, Cementchiga qarshi uchrashuvda muxlislar daldasi jamoamiz uchun muhimdir. SHunday ekan, biz sizlarni stadionda kutamiz!


"Andijon" klubi matbuot xizmati

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика