“Anderlext“ murabbiyi van der Brom SHtarkning faoliyatini yakunlashidan mamnun
11 dek 2013 18:53
Yangiliklar


“Anderlext“ murabbiyi van der Brom SHtarkning faoliyatini yakunlashidan mamnun
Kecha bo'lib o'tgan “Olimpiakos” – “Anderlext” uchrashuvida 3 ta penalti belgilangani hamda mexmonlarning 3 ta futbolchisiga (darvozaboniga ham ) qizil kartochka ko'rsatilganidan xabaringiz bor.
Uchrashuvni bunday kechishini kutmagan “Anderlext” murabbiyi Van der Brom o'yinni boshqarib borgan hakam Volfgang SHtarkdan norozi ekanini bildirdi.
- Eshitishimcha, bu SHtark boshqarib borgan so'nggi uchrashuv ekan. SHu tufayli, CHL keyingi bosqichida ishtirok etadigan jamoalar uchun juda ham xursandman. Zero, ular endi biz kabiqiyinchiliklarga duch kelishmaydi… , - deya SHtarkdan norozi ekanini bildirdi Belgiyaliklar murabbiyi.
Eslatib o'tamiz, UEFA qoidalariga ko'ra hakamlar 45 yoshidan boshlab qita miqiyosidagi faoliyatlarini yakunlashlari lozim. Germaniyalik referi esa 44 yoshni qarshi olib ulgurgan.

Fikrlar