Anchelotti Varanning qaytishiga rozi bo'ldi
22 dek 2023 20:16
Yangiliklar
Anchelotti Varanning qaytishiga rozi bo'ldi
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti himoyachi Rafael Varanning jamoaga qaytishiga rozi bo'ldi.
Eder Militao va David Alabaning jarohati sababli "Real" ayni damda markaziy himoyachi izlamoqda. Qishki transferlar oynasiga hali biroz vaqt bo'lgani uchun klub shoshilmayapti va barcha variantlarni sinchkovlik bilan o'rganmoqda.
Ayni damda "Real"ga o'tishi mumkin bo'lgan himoyachilar qatorida Rafael Varan ham bor.
As malumotiga ko'ra, Karlo Anchelotti franciyalikning jamoaga qaytishidan xursand bo'ladi. Uning qo'l ostida Varan 69 uchrashuvda "Real" sharafini himoya qilgan.
Varanning "Real"ga qaytishidagi asosiy muammo maosh bo'lishi mumkin. Ayni damda Rafael MYUda yiliga 15 mln evro maosh olmoqda. "Real"da esa bu summa 8 mln evroga teng bo'lgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Расман: Тимур Кападзе — "Навбаҳор" бош мураббийи!
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Жирона"ни мағлуб эта олмади
Расмий хабар: Исломбек Исмоилов — "Нефтчи" бош мураббийи
Эшитдик-да! "Навбаҳор" тез орада янги мураббийни таништиради
Fikrlar