Anchelotti: "Valensiya" va "Sevilya" yuqori o'rinlar uchun kurashga kirishishi mumkin"
17 okt 2014 12:06
Yangiliklar


Anchelotti: "Valensiya" va "Sevilya" yuqori o'rinlar uchun kurashga kirishishi mumkin"
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelottining hisoblashicha, bu mavsumda Ispaniya chempionligi uchun faqatgina "Barselona", "Real" va "Atletiko" kurash olib bormaydi.
"Valensiya" evrokuboklarda ishtirok etmaydi, ularda yangi murabbiy va yangi jamoa. Muxlislari ham ajoyib. "Sevilya"ga keladigan bo'lsak, ular o'tkan mavsumda o'zlarini yaxshi ko'rsatishdi va bu narsa ularga turtki berishi mumkin. Ikkala jamoa yuqori o'rinlar uchun kurashga kirishishi ehtimoldan holi emas. Ammo tepada qancha vaqt bo'lishlarini bilmayman" - deydi mutaxassis.

Fikrlar