Anchelotti “Valensiya” bilan o'yindagi hakamlik mojarosi haqida: “Aqlga sig'maydigan narsalar bo'lib ketdi”
03 mar 09:00
Yangiliklar
Anchelotti “Valensiya” bilan o'yindagi hakamlik mojarosi haqida: “Aqlga sig'maydigan narsalar bo'lib ketdi”
“Real Madrid” ustozi Karlo Anchelotti so'nggi soniyada jamoasining bekor qilingan goli haqida fikr bildirdi.
“Bugungi uchrashuv haqida nimadir gapirish qiyin. Uchrashuv so'nggida aqlga sig'maydigan narsalar bo'lib ketdi. So'nggi hujumda burchak zarbasidan so'ng to'p bizda edi, biz hujum qilayotgan edik, hakam to'p “Valensiya” futbolchilarida bo'lganidan so'ng o'yinni yakunlashi kerak edi.
Men bunday holat bilan birinchi marta to'qnash kelmoqdaman, boshqa nimadir deya olmayman”, — dedi Anchelotti.
Eslatib o'tamiz, kechagi uchrashuvning 99-daqiqasida Bellingem gol urib, jamoasiga g'alaba taqdim etgandi.Biroq hakam gol bo'lgan vaziyatdan ikki soniya avval o'yin tugaganini anglatuvchi hushtakni chalgani uchun gol bekor qilingandi.
Fikrlar